«O‘zarxiv» agentligining davlat arxivlaridan iborat delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar arxivida hujjatlarni restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha malaka oshirish hamda tajriba almashishga yuborildi.

Ushbu delegatsiya malaka oshirishning ilk kunida Turkiya Davlat arxivlari Boshqarmasi Boshlig‘i Proffessor Dr. Ugur UNAL bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida arxiv sohasidagi aloqalarni yana-da kuchaytirish bo‘yicha davra suhbati qurildi.

«O‘zarxiv» agentligining davlat arxivlaridan iborat delegatsiyasi Usmoniylar arxivi bilan yaqindan tanishib, restavratsiya bo‘limiga oid va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib zarur nusxalaridan chiqartirib olindi.

Arxiv masʼullari va mutaxassilaridan ish tartibi va jihozlarni ishlatish uslublari bo‘yicha fikr almashilindi.

Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati