“O‘ZARXIV” AGENTLIGINING JAMOATChILIKKA MUROJAATI
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor davlat arxivlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi.
Binobarin, “O‘zarxiv” agentligi mamlakatimizning har bir fuqarosini davlat arxivlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.
Agar davlat organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan “O‘zarxiv” agentligining (55) 50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz.
Murojaatchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.