“Oʻzarxiv” agentligining Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022 yil I choragiga moʻljallangan asosiy koʻrsatkichlari hisoboti
“Oʻzarxiv” agentligining Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022 yil I choragiga moʻljallangan
asosiy koʻrsatkichlari hisoboti boʻyicha
MAʼLUMOTI
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022-yil I choragiga moʻljallangan rejasi 21 ta koʻrsatkichlar boʻyicha bajarilib, shundan 19 ta koʻrsatkich boʻyicha oshirib bajarildi.
Xususan, qogʻoz asosidagi hujjatlarni taʼmirlash 63 906 varaq (2021-yil I choragida 59 210 varaq, oʻsish surʼati 108%), muqovalash va tikish 24 474 s.b. (2021-yil I choragida 24 333 s.b., oʻsish surʼati 101%)ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (OʻzR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash boʻyicha qogʻoz asosidagi 4 165 s.b., (2021-yil I choragida 3 999 s.b., oʻsish surʼati 104%), 63 721 hujjat (2021-yil I choragida 8 463 hujjat, oʻsish surʼati 753%), 30 s.b. kino (2021-yil I choragida 27 s.b., oʻsish surʼati 111%), 520 h.b. surat (2021-yil I choragida 508 h.b., oʻsish surʼati 102%) hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.
OʻzR MAF elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida davlat arxivlarida qogʻoz asosidagi 35 609 s.b., (2021-yil I choragida 27 804 s.b., oʻsish surʼati 128%), 4 590 014 kadr (2021-yil I choragida 3 190 115 kadr, oʻsish surʼati 144%), kino 55 s.b. (2021-yil I choragida 53 s.b., oʻsish surʼati 104%), surat 6 488 h.b. (2021-yil I choragida 6 443 h.b., oʻsish surʼati 101%), ovozli 90 s.b. (2021-yil I choragida 87 s.b., oʻsish surʼati 103%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Roʻyxatlarning elektron nusxalarini yaratish boʻyicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 4 088 roʻyxat (2021-yil I choragida 3 482 roʻyxat, oʻsish surʼati 117%), shaxsiy kelib chiqish 23 roʻyxat (2021-yil I choragida 14 roʻyxat, oʻsish surʼati 164%), shaxsiy tarkib 516 roʻyxat (2021-yil I choragida 125 roʻyxat, oʻsish surʼati 413%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 18 roʻyxat (2021-yil I choragida 19 roʻyxat, oʻsish surʼati 95%), surat 3 roʻyxat (2021-yil I choragida 2 roʻyxat, oʻsish surʼati 150%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.
MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish boʻyicha ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 285 fond (2021-yil I choragida 402 fond, oʻsish yoʻq 71%), 59 291 s.b. (2021-yil I choragida 43 391 s.b., oʻsish surʼati 137%), shaxsiy kelib chiqish 5 fond (2021-yil I choragida 7 fond, oʻsish surʼati 71%), 23 s.b. (2021-yil I choragida 44 s.b., oʻsish yoʻq 52%), shaxsiy tarkib 159 fond (2021-yil I choragida 311 fond, oʻsish yoʻq 51%), 6 734 s.b. (2021-yil I choragida 15 381 s.b., oʻsish yoʻq 44%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 29 428 s.b. (2021-yil I choragida 16 041 s.b., oʻsish surʼati 183%) hujjatlar, kino 27 s.b. (2021-yil I choragida 56 s.b., oʻsish yoʻq 48%), surat 1 174 s.b. (2021-yil I choragida 1 562 s.b., oʻsish yoʻq 75%), ovozli 100 s.b. (2021-yil I choragida 100 s.b., oʻsish surʼati 100%) hujjatlarning hisobi yuritildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlarida boshqaruv 106 ta tashkilot (2021-yil I choragida 87 ta tashkilot, oʻsish surʼati 122%), 1 625 s.b. (2021-yil I choragida 1 219 s.b., oʻsish surʼati 133%), shaxsiy tarkib 651 ta tashkilot (2021-yil I choragida 904 ta tashkilot, oʻsish yoʻq 72%), 23 662 s.b. (2021-yil I choragida 13 959 s.b., oʻsish surʼati 170%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 177 ta tashkilot (2021-yil I choragida 203 ta tashkilot, oʻsish yoʻq 87%), 2 317 s.b. (2021-yilda 1 700 s.b., oʻsish surʼati 136%) hujjatlarning hisobi yuritildi.
Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 165 204 s.b. (2021-yil I choragida 182 454 s.b., oʻsish surʼati 91%), shaxsiy tarkib 3 620 s.b. (2021-yil I choragida 3 450 s.b., oʻsish surʼati 105%), shaxsiy kelib chiqish 1 088 s.b. (2021 yil I choragida 509 s.b., oʻsish surʼati 214%), ilmiy-texnik hujjatlar 300 s.b. (2021 yil I choragida 2 350 s.b., oʻsish yoʻq 13%), surat 322 s.b. (2021 yil I choragida 456 s.b., oʻsish yoʻq 71%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 3 392 s.b. (2021-yil I choragida 5 386 s.b., oʻsish surʼati 124%), shaxsiy tarkib 92 936 s.b. (2021-yil I choragida 96 106 s.b., oʻsish surʼati 97%) hujjatlarining mavjudligi va holati boʻyicha tekshirish oʻtkazildi.
Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 66 888 s.b. boshqaruv (2021 yil I choragida 52 968 s.b., oʻsish surʼati 115%), 58 s.b. ilmiy-texnik (2021 yil I choragida 371 s.b., oʻsish yoʻq 16%), 14 508 s.b. shaxsiy tarkib (2021 yil I choragida 18 641 s.b., oʻsish yoʻq 78%), 31 668 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (2021 yil I choragida 10 971 s.b., oʻsish surʼati 289%) hujjatlarni, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 2 662 s.b. boshqaruv (2021 yil I choragida 5 386 s.b., oʻsish yoʻq 49%), 22 393 s.b. shaxsiy tarkib (2021 yil I choragida 11 741 s.b., oʻsish surʼati 191%), 8 933 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (2021 yil I choragida 7 839 s.b., oʻsish surʼati 114%) hujjatlar tartibga keltirildi.
Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha 35 832 s.b. boshqaruv (2021-yilda 33 338 s.b., oʻsish surʼati 107%), 573 s.b. shaxsiy tarkib (2021-yilda 354 s.b., oʻsish surʼati 162%), 10 h.b. surat hujjatlarning ekspertizasi oʻtkazildi.
“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 2022-yil I chorak davomida 56 ta (2021 yilda 28 ta, oʻsish surʼati 200%) nazorat tekshiruvlari oʻtkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qoʻllanilgan chora sifatida 36 ta taqdimnomalar kiritilgan.
“Oʻzarxiv” agentligida (METK), Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), Oʻzbekiston Milliy arxivlarida (ETUK) tashkilotlar hujjatlari roʻyxatlarini tasdiqlash (kelishish) boʻyicha jami 1 367 roʻyxat (2021 yil I choragida 3 170 roʻyxat, oʻsish yoʻq 43%) boʻlib, shundan 430 roʻyxat boshqaruv (2021 yil I choragida 268 roʻyxat, oʻsish surʼati 160%), 56 roʻyxat shaxsiy kelib chiqish (2021 yil I choragida 1 895 roʻyxat, oʻsish yoʻq 3%), 427 roʻyxat shaxsiy tarkib (2021 yil I choragida 283 roʻyxat, oʻsish surʼati 151%), 44 roʻyxat ilmiy-texnik (2021 yil I choragida 32 roʻyxat, oʻsish surʼati 138%), alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati 8 ta (2021 yil I choragida 12 ta, oʻsish yoʻq 67%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 64 roʻyxat (2021 yil I choragida 158 roʻyxat, oʻsish yoʻq 41%), hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma 275 ta (2021 yil I choragida 511 ta, oʻsish yoʻq 54%), 13 roʻyxat kino (2021 yil I choragida 1 roʻyxat, oʻsish surʼati 1300%), 12 roʻyxat surat (2021 yil I choragida 9 roʻyxat, oʻsish surʼati 133%), 38 roʻyxat ovozli (2021 yil I choragida 1 roʻyxat, oʻsish surʼati 3800%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).
Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish boʻyicha jami 790 hujjat (2021 yil I choragida 1 263 hujjat, oʻsish yoʻq 63%) boʻlib, shundan 387 hujjat yigʻmajildlar nomenklaturasi, 68 hujjat ish yuritish yoʻriqnomasi, 188 hujjat MEK va EK nizomlari, 147 hujjat idoraviy arxiv nizomlari kelishildi.
Davlat arxivlari tomonidan tashkilot va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan 247 ta (2021 yil I choragida 212 ta, oʻsish surʼati 117%) yalpi oʻrganish, 119 ta (2021 yil I choragida 110 ta, oʻsish surʼati 108%) mavzuli oʻrganish ishlari olib borildi.
Davlat arxivlari oʻquvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish boʻyicha 381 nafar (2021 yil I choragida 311 nafar, oʻsish surʼati 123%) Oʻzbekiston fuqarolari, 11 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 22 417 s.b. (2021 yil I choragida 17 948 s.b., oʻsish surʼati 125%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarda ilmiy mavzularni ishlab chiqish yuzasidan, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlash boʻyicha jami 290 ta idoraviy hujjatlar (2021-yil I choragida 156 ta, oʻsish surʼati 186%), yaʼni shundan 102 ta yigʻmajildlar nomenklaturasi, 36 ta ish yuritish yoʻriqnomasi, 85 ta MEK va EK nizomlari, 67 ta idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.
Agentlik tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 6 mlrd. 716 mln. 203 ming soʻm (2021-yil I choragida 6 mlrd. 187 mln. 586 ming soʻm, oʻsish surʼati 109%)ni, yaʼni shundan respublika davlat arxivlarida 4 mlrd. 606 mln. 397 ming soʻm (2021-yil I choragida 4 mlrd. 103 mln. 756 ming soʻm, oʻsish surʼati 112%), jumladan: mavzuli soʻrovlardan 1 451 mln. soʻm (2021-yil I choragida 1 141 mln. soʻm, oʻsish surʼati 127%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 2 126 mln. soʻm (2021-yil I choragida 1 915 mln. soʻm, oʻsish surʼati 111%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 111 mln. soʻm (2021-yil I choragida 37 mln. soʻm, oʻsish surʼati 298%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 605 mln. soʻm (2021-yil I choragida 794 mln. soʻm, oʻsish yoʻq 76%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 19 mln. soʻm, boshqa pullik xizmatlardan 294 mln. soʻm (2021-yil I choragida 215 mln. soʻm, oʻsish surʼati 137%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 2 mlrd. 109 mln. 806 ming soʻmni (2021-yil I choragida 2 mlrd. 083 mln. 830 ming soʻm, oʻsish surʼati 101%), jumladan: mavzuli soʻrovlardan 151 mln. soʻm (2021-yil I choragida 173 mln. soʻm, oʻsish yoʻq 87%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 687 mln. soʻm (2021-yil I choragida 793 mln. soʻm, oʻsish surʼati 87%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 21 mln. soʻm, hujjatlarni depozitar saqlashdan 827 mln. soʻm (2021-yil I choragida 795 mln. soʻm, oʻsish surʼati 104%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 78 mln. soʻm (2021-yil I choragida 23 mln. soʻm, oʻsish surʼati 347%), boshqa pullik xizmatlardan 345 mln. soʻm (2021-yil I choragida 300 mln. soʻm, oʻsish surʼati 115%) tashkil etdi.
2022-yil I choragida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 138 nafar (Reja boʻyicha 250 nafar, oʻsish yoʻq 55%) tinglovchi malaka oshirib, oʻqitilgan 138 nafar tinglovchilar respublika idora va tashkilotlardagi masʼul xodimlar hisoblanadi.
Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 50 mln. 438 ming soʻmni tashkil etdi.
Malaka oshirgan rahbar va xodimlar boʻyicha jami 138 nafar, shundan rahbar xodimlar 13 nafar, xodimlar 125 nafar;
Oʻquv kursi shakli boʻyicha jami 138 nafar, shundan Markazda (oflayn) 25 nafar, masofaviy (onlayn) 113 nafar;
Oʻquv kursi mavzusi boʻyicha jami 138 nafar, shundan Arxiv ishi boʻyicha 16 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati boʻyicha 91 nafar, Hujjatlarni tartibga keltirish boʻyicha 12 nafar, Kadrlarga doir ish yuritish boʻyicha 19 nafar tinglovchilar oʻz malakalarini oshirdilar.
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yil I chorak davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 5 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 34 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.
Agentlikka joriy yil I choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 211 ta, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 161 ta, ishonch telefoni orqali 3 ta, yozma tarzda 47 ta murojaatlar kelib tushdi.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 4 391 ta (2021-yil I choragida 988 ta, oʻsish surʼati 444%) murojaatlar kelib tushdi hamda oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi taʼminlandi.
Joriy yil I choragida Respublika arxivlariga jami mavzuli soʻrovlar 28 586 ta (2021-yilda 37 670 ta, oʻsish yoʻq 76%), shundan davlat arxivlariga 16 169 ta (2021-yilda 32 095 ta, oʻsish yoʻq 50%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 12 417 ta (2021-yilda 5 575 ta, oʻsish surʼati 223%) kelib tushgan.
2021-yil I choragida Respublika arxivlariga 111 135 ta (2021-yilda 286 008 ta, oʻsish yoʻq 39%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar (shundan davlat arxivlariga 50 296 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 60 839 ta) kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 62 466 ta, Pochta va elektron poyata orqali 19 794 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlsa, 28 875 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 76 969 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 69 121 tasi ijobiy, 7 884 tasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 15 782 tani tashkil etadi.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida bugunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 6 nafar rahbar va masʼul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati zarur texnika va vositalar bilan toʻliq taʼminlangan. 2021-yil II yarim yilligi yakunlari boʻyicha, Agentlik axborot xizmati rahbari faoliyati – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 91 ball (2020-yil yakunlari boʻyicha 83,50 ball) bilan baholangan hamda Agentliklar oʻrtasida oʻtkazilgan reyting baholashda (77,74 ball) 2-oʻrinni egallagan.
2022-yil I chorak davomida oʻtkazilgan matbuot tadbirlari jami 16 ta, shundan 8 ta matbuot anjumani, 2 ta press-tur, 6 ta brifing oʻtkazilib onlayn efirga uzatilgan. Tadbirlar yakunidan soʻng bir soat ichida “Oʻzarxiv” agentligining “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida joylashtirilgan.
Axborot xizmati tomonidan 2022-yil I chorak davomida ijtimoiy tarmoqlarda 25 ta onlayn efirlar (2021-yil I chorak davomida 24 ta) tashkil etildi, shuningdek, 35 ta infografika (2021-yil I chorak davomida 34 ta) va 153 ta foto, 12 ta audio hamda 82 ta video materiallar namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi Agentlikning rasmiy sahifalarida obunachilar soni 13 752 nafar (2021-yil yakunida 12 400 nafar)ga yetgani holda, materiallarni koʻrish oʻrtacha 39 000 ta (2021-yil yakunida 10 500) ijtimoiy tarmoq aʼzosini tashkil qilmoqda.
“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yilga moʻljallangan Asosiy ish rejasida Agentlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
“Oʻzarxiv” agentligida davlat tilini rivojlantirish yuzasidan 23 banddan iborat yillik reja, mazkur yillik reja ijrosini taʼminlash boʻyicha 4 ta chora-tadbirlar hamda 3 ta nazorat rejasi ishlab chiqildi.
Agentlik tizimidagi muassasalarda davlat tili qonunchiligiga rioya etish, uni toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, tizimda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2022-yil I choragida 12 ta rejali tadbirlar tashkil etildi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish maqsadida Agentlik tomonidan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
2022-yil yanvar oyida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Ulugʻlar ulugʻlaydi vatanni” mavzuida olimlar, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etildi.
2022-yil fevral oyida maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 7 ta tadbir oʻtkazildi. Jumladan, “Insonlarning yaxshisi insonlarga yaxshilik ulashganidir” shiori ostida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy arxivlarida (3 ta) hamda hududiy (14 ta) viloyat davlat arxivlarida asosiy tadbirlar tashkil etildi.
Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridagi oʻrnini kuchaytirish, zamonaviy dasturiy ishlanmalarni yaratishdagi mavqeini oshirishga oid veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarning ish yuritish tartibi qatʼiy davlat tilida boʻlishi belgilandi. Unga koʻra maqola va sahifalar avval davlat tilida, lotin grafikasida, zarurat tugʻilganda boshqa tillarga tarjima qilinishi belgilandi.
Hududiy viloyat davlat arxivlarida davlat tilida ish yuritishda oʻzbek tilining punktuatsiya va orfografiyasiga eʼtiborni kuchaytirish borasida 25-fevralda onlayn oʻqishlar tashkil etildi;
Fevral oyida tizim tashkilotlarining davlat tili qonunchiligiga rioya qilinishining monitoringi olib borildi, jumladan Agentlik tomonidan belgilangan savolnoma hududiy boshqarmalarga tavsiya sifatida yuborilib, davlat arxivlari, yaʼni quyi tizimdagi tashkilotlarning ish yuritish holati nazoratga olindi. Joriy yil 9-fevral kuni Agentlikning katta majlislar zalida ikki buyuk siymoga bagʻishlangan “Manaviyat soati” tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston milliy arxivlarining 30 nafar va hududlardan 100 nafardan ortiq xodimlar onlayn ishtirok etdi.
2022-yil mart oyida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili qonunchiligini sohaga singdirish, soha xodimlarini davlat tili qonunchiligi boʻyicha malaka oshirish borasida 8 ta tadbir oʻtkazildi. Jumladan, “Balli qizlar” anʼanaviy tanlovining hududiy bosqichlari tashkil etilgan boʻlsa, mart oyining boshida Fargʻona viloyatida tanlovning respublika bosqichi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 4-14-mart kunlari “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat va kelajak ramzi” mavzusida Toshkent fotosuratlar uyida arxiv hujjatlaridan iborat fotokoʻrgazma tashkil etildi.
2022-yil - “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Ulugʻlar ulugʻlaydi vatanni” mavzuida olimlar, shoir va yozuvchilar bilan 4 ta hududdagi arxivlarda uchrashuv tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Assalom Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” nomli bosh gʻoya asosida Agentlik tizimida Navroʻz ayyomlari keng nishonlandi. Hududiy va Milliy arxivlarda “Ulugʻlar ulugʻlaydi Vatanni” nomli tadbirlar tashkil etildi.
Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan 3 ta buyruq, 14 ta chora-tadbirlar, 2 ta konferensiya, 3 ta seminar hamda hududlarda 42 ta tadbir tashkil etildi. Shuningdek, 9 ta maqolada arxivchilar tomonidan Qonunning mazmun-mohiyati Agentlikning archive.uz saytida yoritildi. Davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targʻib qilish borasida Agentlikning 2022-yil 8-yanvardagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkazilib, davlat tili qonunchiligiga rioya etilishi monitoringi keng muhokama etildi. Hayʼatning 2-son bayoni qarori bilan tegishli choralar koʻrildi.
Ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbek muqobillarini yaratish boʻyicha 74 ta yangi soʻz va atamalarning izohli lugʻati tayyorlanib, kitob shakliga keltirildi. Alifbodagi 4 ta harfning oʻzgartirilishi munosabati bilan moliyaviy xarajatlari tahminiy miqdori aniqlanib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. Unga koʻra 4560 dona tashqi va ichki yozuvlar, 3349 dona ichki yozuvlar, peshtoqlar almashtirilishi belgilandi.
Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yoʻnalishlarda maqolalar, tanlov va tadbirlar tashkil etilmoqda.
Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrugʻiga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tanlangan ochiq turdagi arxiv hujjatlaridan 50 ming kadr skaner qilinib, tayyorlangan arxiv materiallarini roʻyxatini tuzish ishlari olib borildi. Ushbu roʻyxat asosida arxiv materiallarining raqamli nusxalari tayyorlandi hamda tanlangan va kelishilgan arxiv materiallaridan iborat qattiq disk AQSH Xolokost yodgorlik muzeyiga diplomatik kanallar orqali yuborilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga 2022-yil 7-fevralda 01-21-08/157-son xat bilan taqdim etildi.
Polsha Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining 2021-yil 17-dekabrdagi AMB.TASZ.2130.7.2021/2-son Notasi bilan Polsha Milliy xotira institutining qayta ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” loyihasi davlat tiliga tarjima qilinib, Polsha tomoniga koʻrib chiqish uchun hujjat loyihasi taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qarori 2-ilovasi (“Yoʻl xaritasi”) 48-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining 2022-yil 7-martdagi 27/13-07-03-son topshirigʻi ijrosi yuzasidan tegishli taklif va maʼlumotlar taqdim etildi.
Tashqi ishlar vaziri va Madaniyat vazirining 2021-yil sentyabr oyida Hindiston Respublikasiga tashriflari doirasida imzolangan “Hindiston Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2021-2025-yillarga moʻljallangan Madaniy almashinuv Dasturi” 6-moddasiga muvofiq arxiv ishi sohasida tomonlarning hamkorlik yoʻnalishlari belgilangan boʻlib, jumladan, arxiv hujjatlarini restavratsiya va konservatsiya qilish metodikasini oʻrganish, hujjatlarni shakllantirish va yuritish, ularni elektron nusxalarini yaratish, elektron hujjatlardan foydalanishni tashkil qilish va saqlash kabi masalalar mazkur Dasturda oʻz aksini topgan va bu boʻyicha hozirda Hindiston tomoni bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2022-yil 8-yanvardagi 007/22-son xati bilan 2022-2023-yillar uchun UNESCO Qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha takliflar qabul qilish jarayoni boshlanganligi maʼlum qilingan va bunda “ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish, nashrlarni chop etish, uskunalarni sotib olish (faqat ruxsat etilgan uskunalar) va oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish” kabi yoʻnalishlardan birini yoxud bir nechtasini qamrab olgan hamda 26 ming AQSH dollari miqdoridan oshmaydigan loyihalarni tayyorlash yuzasidan taklifi asosida Oʻzbekiston milliy arxivlarining loyihalari shakllantirilib Milliy komissiyaga taqdim etildi.
Arxiv sohasida olib borilayotgan ilgʻor amaliyot bilan oʻrtoqlashish va bu boradagi samarali tajribalar bilan tanishish maqsadida 2022-yilning 16-fevralda Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Oʻzarxiv” agentligi va Koreya Milliy arxivi tomonidan respublika ilmiy-amaliy seminarini oʻtkazildi. Unda “Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Ko Gyu Chang boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturi” diorasida qator vazifalar belgilab olindi.
Markaziy Yevropa universiteti (Vena sh. Avstriya) aspiranti Anna Kirillovna Pronina (Rossiya Federatsiyasi fuqarosi)ga “Toshkent teatrlari va kinoteatrlari 1930-1980-yillarda: Oʻzbekistonda milliy madaniyat qurilishi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotini tayyorlashda arxiv materiallaridan foydalandi.
Gdansk (Polsha) Ikkinchi Jahon urushi muzeyi xodimi dr. Dmitriy Panto (Polsha fuqarosi)ning Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston hududiga evakuatsiya qilingan polshalik fuqarolar hamda SSSRda Polsha Armiyasi (General Anders Armiyasi)ning yaratilishi tarixiga doir arxiv hujjatlarini izlash va raqamli nusxalarini olish ishlari yuritildi.
Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini olib borish yoʻlida Quddus shahrida 2022-yil 6-aprelda oʻzbek va ingliz tilida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi. Toshkent (mart oyi oxirida) va Tel-Aviv (5-6-aprel kunlari) shaharlarida “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Respublika yahudiylar milliy madaniy markazi tomonidan “Oʻzbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusidagi koʻrgazma va ilmiy seminar - davra suhbati tashkil etildi.
Isroil Davlati Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi xodimlari D.Kalontarov (Isroil Davlati fuqarosi)ga “Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston yahudiylari tarixi va madaniyati” hamda S.Danilova (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)ga “Oʻzbekistonda yahudiylar jamiyati” mavzusidagi tadqiqot ishlarini olib borishlari maqsadida Oʻzbekiston Milliy arxivida mavzularga oid mavjud arxiv hujjatlaridan foydalanishdi.
Toshkent shahrida 1960-1980-yillar oraligʻida shakllangan shaharning muhim meʼmoriy qatlamini qayta baholash, tiklash va sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish boʻyicha “Toshkent. Modernizm 20/21” loyihasini amalga oshirish (yangi tadqiqot mavzusi) uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi xodimi va tadqiqotchi olim B.Chukxovich (Kanada fuqarosi) arxiv hujjatlaridan foydalandi.
Rossiya Federatsiyasi Qozon (Privoljsk) federal universiteti Xalqaro munosabatlar institutining Arxeologiya va umumiy tarix kafedrasi aspiranti Olesya Anatolyevna Kaщeyning “Chirchiq daryosi havzasining qoya toshlardagi tasvirlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borishda arxiv hujjatlaridan foydalandi.
Xalqaro arxivlar kengashiga aʼzolik badalini toʻlashda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan (01.04.2022-yilga qadar) “Oʻzarxiv” agentligi uchun Xalqaro arxivlar kengashiga 2022-yil uchun aʼzolik badalini 2022-yil 31-yanvardagi A2291_2022-ICA-son toʻlov invoysiga asosan toʻlanishi taʼminlandi.
2022-yil 24-fevralda “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK direktori N.Dalibayev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilib, unda ishtirokchilar tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolanib, unda tajribalar, izlanishlar, bilimlar va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini oʻrganishning zamonaviy usullari bilan almashish orqali “Oʻzarxiv” agentligi axborot tizimlarini rivojlantirish choralari belgilandi.
Qirgʻiz davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi “Falsafa va gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Farida Turganbayevna Baitova (Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi)ga “Isʼhaq Asan oʻgʻli hayoti va faoliyati (XIX asr, Qoʻqon xonligi davri)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashda arxiv hujjatlaridan foydalandi.
“Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan Oʻzbekiston milliy arxivlari hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan fotoarxiv hujjatlaridan iborat fotokoʻrgazma Toshkent Fotosuratlar uyida 2022-yil 4-mart kuni ochildi hamda koʻrgazma 14-martgacha davom etdi.
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining arxiv ishi sohasi boʻyicha taklif etilayotgan oʻquv dasturlari oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, offlayn formatda “Arxiv hujjatlarini taʼmirlash (restavratsiya qilish)” va “Arxiv ishida raqamlashtirish yechimlari” mavzularida oʻquv kurslari yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Sharq tillari va sivilizatsiyasi Milliy instituti (INALCO, Parij sh.) doktoranti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻyicha Fransiya instituti stipendianti Pol Volkenshteyn (Fransiya fuqarosi)ga “1966-yilgi zilzila davrida Toshkentning meʼmorchiligi, arxiv kinofonohujjatlari, Sh. Rashidov davrida Toshgiprogor, Oʻzdavloyiha, Oʻzbekistonning KP MK boʻyicha arxiv materiallari” boʻyicha tadqiqot ishlarida arxiv hujjatlaridan foydalandi.
2022-yil I chorak davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 580 tani, yuborilgan hujjatlar soni 433 tani tashkil etdi. Shuningdek, 63 ta asosiy faoliyatga oid, 41 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 13 ta farmoyishlar ishlab chiqildi. Hisobot davrida Agentlik tomonidan 46 ta, yaʼni shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari (2 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (6 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (25 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (13 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.
Arxiv ishi boʻyicha tashkiliy-metodik ishlar
boʻlimi boshligʻi A.Fayzullayev