“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yil 9 oyligiga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha MA’LUMOTI

I. О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yil9 oyligiga mо‘ljallangan rejasi 18 ta kо‘rsatkichlar bо‘yicha bajarilib, shundan 16 ta kо‘rsatkich bо‘yicha oshirib bajarildi.

Xususan, qog‘oz asosidagi hujjatlarni ta’mirlash 214 846 varaq (Reja bо‘yicha 170 354 varaq, bajarilishi 126%), muqovalash va tikish 81 189 s.b. (51 527 s.b., 158%)ni tashkil etdi.

О‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (О‘zR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash bо‘yicha qog‘oz asosidagi 9 280 s.b., (Reja bо‘yicha 5 472 s.b., bajarilishi 170%), 37 503 hujjat (21 580 hujjat, 174%), 80 s.b. kino (75 s.b., 107%), 2 200 h.b. surat (1 900 h.b., 116%), 35 s.b. (35 s.b., 100%) ovozli hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan kino 150 s.b. (150 s.b., 100%), surat 7 124 h.b. (7 092 h.b., 101%), ovozli 279 s.b. (255 s.b., 109%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.

Rо‘yxatlarning elektron nusxalarini yaratish bо‘yicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 8 244 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 9 322 rо‘yxat, bajarilishi 88%), shaxsiy tarkib 504 rо‘yxat (989 rо‘yxat, 51%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 25 rо‘yxat (56 rо‘yxat, 45%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.

MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish bо‘yicha ilmiy ma’lumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 815 fond (Reja bо‘yicha 751 fond, bajarilishi 109%), 153 199 s.b. (90 734 s.b., 169%), shaxsiy kelib chiqish 26 fond
(13 fond, 200%), 713 s.b. (42 s.b., 1698%), shaxsiy tarkib 453 fond (400 fond, 113%), 25 340 s.b. (11 533 s.b., 220%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 48 439 s.b. (600 s.b., 8073%) hujjatlar, kino 40 s.b. (40 s.b., 100%), surat 3 351 s.b. (3 192 s.b., 105%), ovozli 352 s.b. (350 s.b., 101%) hujjatlar qabul qilindi

Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlarida boshqaruv 372 ta tashkilot (Reja bо‘yicha 172 ta tashkilot, bajarilishi 216%), 4 583 s.b. (705 s.b., 650%), shaxsiy tarkib 1 972 ta tashkilot (1 615 ta tashkilot, 122%), 65 242 s.b. (28 158 s.b., 232%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 470 ta tashkilot (447 ta tashkilot, 105%), 52 431 s.b. (4 870 s.b., 1 077%) hujjatlar qabul qilindi

Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 500 505 s.b. (Reja bо‘yicha 367 185 s.b., bajarilishi 136%), shaxsiy tarkib 16 003 s.b. (3 980 s.b., 402%), shaxsiy kelib chiqish 23 s.b. (18 s.b., 128%), ilmiy-texnik hujjatlar 3 885 s.b. (3 750 s.b., 104%), surat 1 364 s.b. (1 037 s.b., 132%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 1 722 s.b., shaxsiy tarkib 270 491 s.b. (222 565 s.b., 122%) hujjatlarining mavjudligi va holati bо‘yicha tekshirish о‘tkazildi.

Hujjatlarni xatlovini takomillashtirish bо‘yicha boshqaruv 31 067 rо‘yxat (18 952 rо‘yxat, bajarilishi 164%), shaxsiy kelib chiqish 9 rо‘yxat (4 rо‘yxat, bajarilishi 225%), surat hujjatlari 263 rо‘yxat (430 rо‘yxat, bajarilishi 61%)ni tashkil etdi.

Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 158 324 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 91 251 s.b., bajarilishi 174%), 159 s.b. ilmiy-texnik (650 s.b., 24%), 39 671 s.b. shaxsiy tarkib (18 357 s.b., 216%), 66 956 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar (1 000 s.b., 6696%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 5 352 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 2 577 s.b., bajarilishi 208%), 46 703 s.b. shaxsiy tarkib (24 553 s.b., 190%), 64 620 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar tartibga keltirildi.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini о‘tkazish bо‘yicha 82 784 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 60 000 s.b., bajarilishi 138%), 100 s.b. shaxsiy kelib chiqish, 1 026 s.b. shaxsiy tarkib (200 s.b., 513%), 4 892 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlarning ekspertizasi о‘tkazildi.

Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam kо‘rsatish (о‘rganish о‘tkazish) bо‘yicha 2023-yil 9 oyligi davomida tashkilot va korxonalarda 854 ta yalpi о‘rganish (Reja bо‘yicha 617, bajarilishi 138%), 433 ta mavzuli о‘rganish (371 ta, 117%) ishlari olib borildi.

Davlat arxiv о‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bо‘yicha 2 777 nafar О‘zbekiston fuqarolari (Reja bо‘yicha 555 nafar, bajarilishi 500%), 34 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 31 791 s.b. (453 s.b., 7018%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bо‘yicha jami 671 ta (Reja bо‘yicha 495 ta, bajarilishi 136%) idoraviy hujjatlar, ya’ni shundan 357 ta (188 ta, 190%) yig‘majildlar nomenklaturasi, 88 ta (80 ta, 110%) ish yuritish yо‘riqnomasi, 111 ta (94 ta, 118%) MEK va EK nizomlari, 115 ta (133 ta, 86%) idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 36 127 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 15 905 mln. sо‘m, bajarilishi 227%)ni, ya’ni shundan respublika davlat arxivlarida 23 405 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 9 195 mln. sо‘m, bajarilishi 255%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 8 085 mln. sо‘m (1 588 mln. sо‘m, 509%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 11 604 mln. sо‘m (6 104 mln. sо‘m, 190%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 252 mln. sо‘m (104 mln. sо‘m, 242%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 1 978 mln. sо‘m (952 mln. sо‘m, 208%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 107 mln. sо‘m (8 mln. sо‘m, 1332%), boshqa pullik xizmatlardan 1 379 mln. sо‘m (439 mln. sо‘m, 314%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 12 722 mln. sо‘mni (Reja bо‘yicha 6 710 mln. sо‘m, bajarilishi 190%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 780 mln. sо‘m (202 mln. sо‘m, 386%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 3 803 mln. sо‘m (3 320 mln. sо‘m, 115%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 32 mln. sо‘m (30 mln. sо‘m, 106%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 4 887 mln. sо‘m (2 722 mln. sо‘m, 180%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 1 991 mln. sо‘m (77 mln. sо‘m, 2601%), boshqa pullik xizmatlardan 1 229 mln. sо‘m (360 mln. sо‘m, 341%) tashkil etdi.

“О‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bо‘yicha 2023-yil 9 oyligi davomida 233 ta tashkilotda (Reja bо‘yicha 225 ta, bajarilishi 103%) nazorat tekshiruvlari о‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qо‘llanilgan chora sifatida 185 ta taqdimnomalar kiritilgan, 32 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta materiallar yuborilgan.

“О‘zarxiv” agentligida (METK), Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), О‘zbekiston Milliy arxivlarida (ETUK) tashkilotlar hujjatlari rо‘yxatlarini tasdiqlash (kelishish) bо‘yicha jami 2 637 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 1 902 rо‘yxat, bajarilishi 139%) bо‘lib, shundan 5 784 rо‘yxat boshqaruv (4 203 rо‘yxat, 138%), 36 rо‘yxat shaxsiy kelib chiqish (31 rо‘yxat, 116%), 1 846 rо‘yxat shaxsiy tarkib (1 211 rо‘yxat, 152%), 6 rо‘yxat ilmiy-texnik (7 rо‘yxat, 86%), alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv rо‘yxati 17 ta (66 ta, 26%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 273 rо‘yxat (192 rо‘yxat, 142%), hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risidagi dalolatnoma 237 ta (119 ta, 199%), 26 rо‘yxat surat (56 rо‘yxat, 46%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).

Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish bо‘yicha jami 1 214 hujjat (Reja bо‘yicha 913 hujjat, bajarilishi 133%) bо‘lib, shundan 711 hujjat yig‘majildlar nomenklaturasi (504 hujjat, 141%), 196 hujjat ish yuritish yо‘riqnomasi (201 hujjat, 98%), 378 hujjat MEK va EK nizomlari (308 hujjat, 123%), 387 hujjat idoraviy arxiv nizomlari (297 hujjat, 130%) kelishildi.

2023-yil 9 oyligida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 552 nafar (Reja bо‘yicha 600 nafar, bajarilishi 83%) tinglovchi malaka oshirib, undan 17 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 535 nafar tinglovchi respublika idora va tashkilotlardagi mas’ul xodimlar о‘qitildi.

Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 996 mln. 454 ming sо‘mni tashkil etdi.

Malaka oshirgan rahbar va xodimlar bо‘yicha jami 552 nafar, shundan rahbar xodimlar 17 nafar, xodimlar 535 nafar;

О‘quv kursi shakli bо‘yicha jami 552 nafar, shundan Markazda (oflayn) 366 nafar, masofaviy (onlayn) 186 nafar;

О‘quv kursi mavzusi bо‘yicha jami 552 nafar, shundan Arxiv ishi bо‘yicha 203 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati bо‘yicha 122 nafar, Boshqa kurslar bо‘yicha 227 nafar tinglovchilar о‘z malakalarini oshirdilar.

 

II. “О‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yil 9 oylik davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 13 ta sayyor va shaxsiy qabullar о‘tkazilib, ularda 118 nafar fuqarolar murojaatlari kо‘rib chiqildi.

Agentlikka 2023-yil 9 оylik davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 725 ta (2022-yil 9 оyligida 794 ta, kо‘rsatkichi 91,3%), jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 513 ta (473 ta, kо‘rsatkichi 108,4%), Adliya vazirligi orqali 46 ta, Sayyor va shaxsiy, маъсул ходимлар qabullardan 122 ta (124 ta, kо‘rsatkichi 98,3%), Agentlikka tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yozma 28 ta (180 ta, kо‘rsatkichi 15,5%), idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 14 ta (8 ta, kо‘rsatkichi 175%), О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari bо‘yicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 2 ta murojaatlar kelib tushdi.

Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 883 ta (2022-yil 9 оyligida 1 979 та, kо‘rsatkichi 44,6%) murojaatlar kelib tushdi hamda о‘rnatilgan tartibda kо‘rib chiqildi, shundan 418 ta murojaat qanoatlantirildi, 321 tasiga tushuntirish berildi, 72 tasi tegishliligi bо‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi, 48 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va hozirda 25 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.

2023-yil 9 оylik davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar jami 447 361 ta (2022-yil 9 оyligida 382 223 ta, kо‘rsatkichi 117%) kelib tushgan.

Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar 381 257 ta (2022-yil 9 оyligida 314 975 ta, kо‘rsatkichi 121%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 181 987 ta (158 154 ta, kо‘rsatkichi 115%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 133 859 ta (156 821 ta, kо‘rsatkichi 85,3%) kelib tushgan.

Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 328 497 ta (210 672 ta, kо‘rsatkichi 156%), pochta va elektron pochta orqali 22 300 ta (42 013 ta, kо‘rsatkichi 53%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar kelib tushgan bо‘lsa, 30 460 nafar (62 290 ta, kо‘rsatkichi 49%) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 274 902 ta (243 958 ta, kо‘rsatkichi 112,6%) sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 254 242 tasi (224 086 ta, kо‘rsatkichi 113,4%) ijobiy, 20 660 tasi (19 872 ta, kо‘rsatkichi 104%) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bо‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan sо‘rovlar soni 98 597 tani (63 678 ta, kо‘rsatkichi 154,8%) tashkil etdi.

Shuningdek, mavzuli sо‘rovlar 66 104 ta (2022-yil 9 оyligida 67 248 ta, kо‘rsatkichi 98,2%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 59 663 ta (64 248 ta, kо‘rsatkichi 92,8%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 6 441 ta (3 000 ta, kо‘rsatkichi 214,7%) kelib tushgan.

Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 55 160 ta, bevosita arxivga (pochta va elektron pochta orqali) 10 944 nafar fuqaro murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 66 104 ta sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 52 962 tasi ijobiy, 13 142 tasi (тashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan.

Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2023-yilning 9 оylik davomida yilligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 12 nafar rahbar (7 nafari) va masʼul xodimlar (5 nafari) intizomiy javobgarlikka tortilgan.

III. О‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-oktabr holatiga) jami 972,4 ming saqlov birligidagi 64,7 mln. kadr hujjatlar raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023-yil boshidan 110,4 ming saqlov birligidagi qariyb 11,2 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 107,3 %ga bajarildi.

“О‘zarxiv” agentligi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqilib, davlat arxivlarida joriy qilindi.

Mazkur tizimda О‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-oktabr holatiga) jami 48 434 ta fond, 47 625 ta rо‘yxat, 614 556 ta saqlov birligi va 259 107 ta hujjat bazasi yaratildi.

Hozirda, respublika foydalanuvchilari uchun arxiv ma’lumotlarini (fond, ro‘yxat, saqlov birligi, hujjat) tezkor aniqlash imkoniyatini yaratish maqsadida kengaytirilgan qidiruvni tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–357-son qaroriga 2-ilovaning 55-bandiga muvofiq, Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mо‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish va 2023-yil dekabr oyiga qadar amaliyotga joriy etish kо‘zda tutilgan.

Mazkur masala yuzasidan, “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish bо‘yicha bugungi kunda texnik topshiriq loyihasiga О‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023-yil 27-martdagi Yex-22-81199b-son) va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (2023-yil 28-martdagi 01-18-02/737-son) tomonidan ekspert xulosalari olindi.

Hozirda “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimining dastlabki talqini ishlab chiqilib, “О‘zarxiv” agentligida test-sinovdan о‘tkazilmoqda.

Shuningdek, “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi (arxiv.gov.uz)ni “Ijro.gov.uz” ijro intizomi yagona elektron tizimi bilan integratsiya qilish uchun “Unicon.uz” DUK bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro ishlar boshlandi.

Bugungi kunda Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy kо‘rsatkichlari rejasi hamda hisobotlari shakllarini elektron va onlayn shakllantirish bо‘yicha loyiha ishlab chiqilib, “Arxiv ishi” yagona axborot tizimiga ushbu modulni integratsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu modulda har bir hududning о‘ziga biriktirilgan davlat arxivlarining oylik, choraklik va yillik hisobotlarini kо‘rish imkoniyatlari yaratiladi, shuningdek har bir hudud kesimida elektron hisobot olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 4 ta axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:

1. Arxiv ishi bo‘yicha davlat nazoratini onlayn ro‘yxatga olishni tashkil etish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

“Davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha “Kiberxavfsizlik” DUK ning tegishli xulosalarini olish maqsadida zarur shartnomalar imzolandi va belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olindi (20.07.2023-y. 01-18-01/2039-son).

Hozirda axborot tizimni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

2. “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi (my.archive.uz)ning mobil ilovasini ishlab chiqish va joriy etish.

“Arxiv ishi” yagona axborot tizimining mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha “Kiberxavfsizlik” DUK ning tegishli xulosalarini olish uchun zaruriy shartnomalar imzolanib, ilovaning xavfsizligi to‘g‘risida xulosalar olindi. (26.09.2023-y., 01-18-01/2765-son).

3. Kinofotofono arxiv hujjatlaridan pullik asosda onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportal tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Kinofotofono arxiv hujjatlaridan pullik asosda onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportal tizimini ishlab chiqish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

4. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat arxivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portalini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat arxivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portalini ishlab chiqish bo‘yicha “Kiberxavfsizlik” DUKning tegishli xulosalarini olish uchun zaruriy shartnomalar imzolanib, belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olindi (20.07.2023-y. 01-18-01/2040-son).

Hozirda portalni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

IV. “О‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati zarur texnika va vositalar bilan tо‘liq ta’minlangan. Agentlik tomonidan arxiv faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan 2023-yil 9 oylik davomida 9 ta matbuot anjumani, 31 ta brifing о‘tkazilib onlayn efirga uzatildi. О‘tkazilgan tadbirlar yakunidan sо‘ng bir soat ichida “О‘zarxiv” agentligining “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lumotlar joylashtirib borildi.

Axborot xizmati tomonidan joriy yil 9 oylik davomida ijtimoiy tarmoqlarda 43 ta onlayn efirlar tashkil etildi, shuningdek, 59 ta infografika va 522 ta foto, 39 ta audio hamda 213 ta video, 76 ta matn shaklida materiallar namoyish etildi.

“О‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida obunachilar soni 20 275 nafar (2022-yilda 13 752 nafar)ga yetgani holda, materiallarni kо‘rish о‘rtacha 103 130 ta (2022-yilda 39 000 ta) ijtimoiy tarmoq a’zosini tashkil qilmoqda.

V. “Oʻzarxiv” agentligining 2023-yil II yarim yilligiga moʻljallangan Asosiy ish rejasida belgilangan Agentlik tizimida maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini taʻminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan 9 oylikda 6 ta tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi bilan hamkorlikda 33 ta banddan iborat “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlandi. Xususan,

Yanvar oyida “Insonga eʻtibor va sifatli taʻlim yili” mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Inson qadri oliy neʻmat” mavzusida turkum davra suhbatlari tashkil etildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Askar maktublari” kitob-albomi taqdimoti tashkil etildi, shuningdek ushbu mavzu doirasida Andijon, Fargʻona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkil etilib, unda arxiv hujjatlaridan namunalar asosida koʻrgazmalar tashkil etildi.

Fevral oyida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan 3 ta Milliy arxivlarda hamda 14 ta Viloyat davlat arxivlarida maʻnaviyat soatlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda 470 nafar arxivchi xodimlar ishtirok etib, ilmiy yangiliklarni olish bilan birga, oʻz isteʻdodlarini ham namoyon etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Gender va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi hamkorligida Oʻzbekiston milliy arxivida “Gender tenglikni taʻminlashda arxivchilarning oʻrni”, shuningdek “Arxiv ishi sohasida xotin-qizlar huquqlari hamda gender tenglik masalalari doimiy eʻtiborda” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar Agentlikning Gender tenglik maslahat-kengishi tomonidan tashkil etilib, hududlarda xotin-qizlar va erkaklar huquqlarining tengligi hususidagi qonunchilik keng tushuntirib borildi.

Mart oyida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “Oʻzbekiston xotin-qizlari taʻlim sohasida” mavzusida arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrgazma 6-11-mart kunlari Toshkent Fotokoʻrgazmalar uyida tashkil etildi. Shuningdek, 14 ta viloyat davlat arxivlarida mavzuga oid koʻrgazmalar tashkil etildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan 14 ta viloyat davlat arxivlarida bayram tantanalari tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazildi. Jumladan, ushbu kun munosabati bilan “Nafosat va vafo ramzisan, ayol!” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Arxivlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 10-12-mart kunlari “Arxiv malikalari” tanlovi oʻtkazilib, unda 100 dan ortiq soha xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 8 ta yoʻnalishda treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mart oyidagi maʻnaviyat tadbirlari doirasida 3 nafar xodim Agentlikning “Soha iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, hududlarda “Navroʻz – milliy qadriyatlarimiz beshigi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 350 nafar ayollar, xotin-qizlar, 170 nafar keksa avlod vakillari, faxriylar, 450 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Mart oyida 29 nafar kam taʼminlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan habar olindi hamda maʼnaviy va moddiy qoʼllab-quvvatlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” nomli bosh gʻoya asosida Agentlik tizimida Navroʻz ayyomlari keng nishonlandi. Hududiy va Milliy arxivlarda “Hur kuning boʻlsin Navroʻz!”, “Navroʻz bayrami arxiv hujjatlarida” nomli tadbirlar tashkil etildi.

Aprel oyida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tizimga ijobiy taʼsirini keng targʻib qilib borish yoʻnalishida qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning soha xodimlariga yetkazib borish maqsadida markaziy va tizim tashkilotlarida seminarlar tashkil etildi. Unda davlat arxivlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etib, 2023-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish kurslarida arxivchilarning oʻqishi tahlil qilindi, unga koʻra 4 oy davomida 34 nafar arxivchilar malaka oshirgan.

Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish boʻyicha 4 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda Adliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, natijalari boʻyicha barcha huudlarda tashqi va ichki yozuvlar, eʼlon va reklamalarni adliya vazirligi namunalari asosida tashkil etish belgilandi.

“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 23-fevraldagi 44-son buyrugʻiga muvofiq, mart-iyun oylarida “Agentlik direktori kubogi” futbol chempionati oʻtkazildi. Chempionatning saralash va chorak final oʻyinlari hududlarda, yarimfinal va final oʻyinlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Olmos” dam olish maskanining sport majmuasida oʻtkazildi. Tadbirda 140 nafar arxiv xodimlari ishtirok etdi. Futbol chempionatida 1-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi, 2-oʻrinni Jizzax viloyati, 3-oʻrinni Fargʻona viloyati egalladi. Chempionat sovrindorlariga Agentlikning idoraviy mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.

Mart va aprel oylarida Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish boʻyicha 7 ta seminarlar tashkil etildi.

May oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qarori ijrosi yuzasidan, Agentlikning tegishli buyrugʻi va nazorat rejasi ishlab chiqilib, unga koʻra “Gʻalaba bogʼi” majmuasida “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasi, Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” shiori ostida arxiv hujjatlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Fotokoʼrgazmada Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan mavzuga oid 250 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etildi. Mavzuga oid 2 ta konferensiya oʻtkazildi.

Hududlarda mazkur sanaga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvlari”, “Faxriylar faxrimiz” mavzularida 14 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda 47 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, 22 nafar kam taʼminlangan, yolgʻiz keksalar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi.

Iyun oyida “9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan 14 ta hududda arxiv sohasi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ayniqsa yosh arxivchilarning malakasini oshirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” anʼanalarini mustahkamlashga oid mavzularda seminar-treninglar olib borildi.

15-18-iyun kunlari Toshkent viloyatida “Yosh arxivchilar forumi-2023” tadbirlari tashkil etildi. Forumda 150 nafar arxiv xodimlari 8 ta sport turi boʻyicha bellashuvlarda, 1 ta intellektual oʻyinlarda, 4 ta mahorat darslarida ishtirok etishdi. “Agentlik direktori kubogi” futbol chempionati, “Rahbar mahorati” rahbarlar oʻrtasidagi shaxmat turniri hamda 8 ta sport turi boʻyicha spartakiadalar tashkil etildi. Forum doirasida 5 ta arxiv hodimi “Soha iftixori” koʼkrak nishoni bilan, 78 nafar arxiv hodimlari “Oʼzarxiv” agentligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi hamda moddiy ragʻbatlantirildi.

Iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasini targʻiboti boʻyicha Agentlik tomonidan 4 marotaba seminarlar tashkil etildi. Hududlarda 9 ta davra suhbatlari oʻtkazildi. Konstitutsiyani targʻib qilish yuzasidan tizim boʻyicha jami 27 ta targʻibot tadbirlari tashkil etilib, rasmiy veb-saytda ulashib borildi. “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasi asosida Toshkent shahar hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, viloyat hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda davlat dasturi va Harakatlar strategiyasining mamlakat islohotlaridagi oʻrni mavzusida jamoatchilikni xabardor qilib borish yoʻnalishida har chorakda maʼnavi-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Shu bilan birga Agentlik rahbariyatining aholi bilan 118 ta ochiq muloqoti va sayyor qabullar jarayonida Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda ijrosining borishi tushuntirib borildi.

Agentlikning Jamoatchilik kengashi faoliyati boʻyicha 2 marotaba, Faxriylar kengashining 4 ta, Gender tenglik maslahat-kengashining 3 ta tadbirlari, Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotining 2 ta tadbirlari tashkil etildi.

“Oʻzarxiv” agentligi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etib, davlat organlari oʻrtasida gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish nominatsiyasi gʻolibi deb topildi hamda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda maʼnaviy ragʻbatlantirib borish maqsadida 9 oyda Xorazm, Samarqand va Buxoro shaharlariga turistik safarlar uyushtirildi. Sayohatlarda jami 75 nafar markaziy muassasalar xodimlari, hududlardan 55 nafar xodimlar ishtirok etishdi.

Xodimlarning davlat tilida ish yuritish hamda malakasini oshirish yoʻnalishida 9 oy davomida 66 nafar arxivchi oʻz malakasini oshirdi.

Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga eʻtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yoʻnalishlarda davra suhbati va tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida 9 oylikda “Agentlik direktori kubogi” mini-futbol chempionati, “Agentlik shohsupasi” shahmat turniri, sportning 8 ta turi boʻyicha sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, Adliya vazirligining “Adliya spartakiadasi” sport musobaqalarida Agentlikning jamoasi ishtirok etib 4 ta oʻrin egalladi.

Avgust-sentabr oylarida tizimda tajribali keksa arxivchilar bilan yosh arxivchilarning uchrashuvlari tashkil etildi, shuningdek, “Arxivchilar sulolasi” mavzusida keksa va tajribali arxivchilarning tajribasini oʻrganib borish boʻyicha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy arxivida “Faxriylar xonasi” tashkil etilib, ikkinchi marta uchrashuvlar oʻtkazildi.

“Mustaqillikning shonli oʻtmishi va buguni” shiori ostida davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida hamda hududlarda jami 15 ta fotokoʻrgazmalar, 4 ta seminar va 4 ta maʼnaviyat tadbirlari tashkil etildi.

Adliya vazirligining “Adolatning 100 yilligi” mavzusida konsepsiya qilinib, Adliya vazirligiga 5 ta taklif berildi. Hududlarda 2024-yilda oʻtkaziladigan “Adolatning 100-yilligi” mavzusida tegishli ishlar olib borilmoqda.

Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tizimga ijobiy taʼsirini keng targʻib qilib borish yoʻnalishida qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilinayotgan 17 ta normativ-huquqiy hujjatlar soha xodimlariga yetkazib borildi.

VI. Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “О‘zbekiston Respublikasi “О‘zarxiv” agentligi va Amerika Qо‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi о‘rtasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari о‘quv zallaridan foydalanish faoliyati bо‘yicha 2023-yil I yarim yillik mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalari, Chexiya, Polsha, Shvetsiya, AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 50 ta murojaat kelib tushgan bо‘lib, shulardan 26 ta xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivlari о‘quv zallariga tashrif buyurib, u yerdagi arxiv materiallaridan о‘rnatilgan tartibda foydalanishga ruxsat berildi.

2023-yil 17-yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da “Xalq xotirasi muqaddas” nomli kо‘rgazma ochildi. Mazkur kо‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, О‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi, SHHT О‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida о‘tkazilmoqda. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar о‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qо‘shgan xissasini aks ettiradi. Kо‘rgazma о‘z ishini 2023-yil 5-martga qadar davom ettirishi belgilangan.

2023-yil 26-yanvarda “О‘zbekiston-Isroil” dо‘stlik jamiyati tomonidan “Xolokost xotirasi kuni” munosabati bilan Isroil Davlati va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.

2023-yil 8-fevralda “О‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “О‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “О‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan о‘zbekistonlik askarlar rо‘yxati taqdim etildi.

Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusiga kо‘ra, “О‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” grant loyihasi yuzasidan 2023-yil 22-fevralda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla Al Mutairi bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara о‘tkazildi. Mazkur onlayn muzokarada “О‘zarxiv” agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokо‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida 2023-yil 6-11-mart kunlari “О‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.

2023-yil 16-martda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi о‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston-Germaniya Respublikalari о‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotokо‘rgazmasi о‘tkazildi.

2023-yil 29-martda AQSH Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Shu bilan birga, 29-31-mart kunlari О‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, xodimlar faoliyati, о‘quv zali va muzey bо‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi.

Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga koʻra 2023-yil 14-aprel kuni oʻtkazilgan “Xalq diplomatiyasi Markaziy Osiyo hududida tinchlik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etildi.

Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan 2023-yilning 13-14-aprel kunlari oʻtkazilgan Yosh olimlar va mutaxassislar XIII Xalqaro konferensiyasi “CLIO-2023”da onlayn formatda ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 196-son “Fransiya va Italiya davlatlari bilan Madaniy meros sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida” bayoni 1-ilovasining 8-bandi ijrosini ta’minlash “Fransiya Madaniyat vazirligi va Davlat arxivi bilan hamkorlikda Fransiyadagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklarini oʻrganish boʻyicha ilmiy onlayn-seminarini tashkil etish” maqsadida Madaniy meros agentligi tashabbusiga koʻra, 2023-yilning 20-aprel kuni tashkillashtirilgan onlayn-seminarda ishtirok etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan 2023-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, “Oʻzarxiv” agentligi va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamkorligida 2023-yil 27-aprelda “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan “Koʻp millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasini namoyish etuvchi “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” mavzusida arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida 2023-yilning 5-15-may kunlari oʻtkazildi hamda unda xorij Elchixonalari vakillari, jumladan, Isroil Davlati va Belarus Respublikasi Elchilari kirish nutqlari bilan ishtirok etdilar.

2023-yilning 19-may kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Toshkentdagi “Свитанак” belorus milliy madaniyat markazi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy kechada ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishi va hujjatlarni boshqarish Qo‘mitasi huzuridagi “Kino-foto va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining 80-yillik yubileyi doirasida 2023-yilning 18-19-may kunlari Olma-Ota shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Milliy arxiv fondining audiovizual hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.

2023-yilning 18-20-may kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida boʻlib oʻtgan “Rossiya-Islom olami: KazanForum 2023” XIV Xalqaro iqtisodiy sammitda hamda mazkur sammit doirasida oʻtkazilgan “Shejere-iman nigeze” nomli forumda ishtirok etildi.

2023-yilning 24-26-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Central Asia-2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga binoan 2023-yilning 30-may kuni Toshkent fotosuratlar uyida oʻtkazilgan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ShHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida navbatdagi bolalar rasmlari koʻrgazmasida ishtirok etildi.

Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning 2023-yil 25-maydagi axborot xatiga muvofiq, 2023-yil 5-9-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #IAW2023 – beshinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivining taklifiga muvofiq, 2023-yilning 7-9-iyun kunlari Olma-Ota shahrida “Arxivlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyati: rivojlanishning yangi tendensiyalari” mavzusida oʻtkazilgan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VI malaka oshirish dasturida ishtirok etildi.

“9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan oʻzbek tomoni tashabbusiga koʻra ilk marotaba 2023-yil 8-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida ShHTga a’zo davlatlar arxiv idoralari rahbarlari ishtirokida “Arxivlar – ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi” mavzusida davra-suhbati onlayn vidoekonferens-aloqa shaklida oʻtkazildi. Mazkur davra-suhbatida “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbarlari, ShHTga a’zo davlatlar Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston hamda “kuzatuvchi” davlat boʻlmish Belarus Resublikasi arxiv idoralari rahbarlari (Xitoy Xalq Respublikasidan vakil ishtirok etmadi), shuningdek, Oʻzbekiston va Belarus respublikalari adliya vazirlari hamda Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari oʻz nutqlari bilan faol ishtirok etdilar.

Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida 2023-yilning 12-15-iyun kunlari Perm shahrida o‘tkazilgan “V-Пермские научно-образовательные чтения “История Императорского Дома Романовых. К 410-летию Дома Романовых и 300-летию города Перми” ilmiy Forumida ishtirok etildi.

Amerika Qо‘shma Shtatlari (AQSH) 2023-yilning 10-29-iyul kunlari “XXI asr о‘zgarishlar yaratuvchilari: madaniy meros va о‘ziga xoslikni saqlash va himoya qilish bо‘yicha Markaziy Osiyo uchun submintaqaviy loyihasi – Xalqaro tashrif buyuruvchilarning yetakchilik dasturida” ishtirok etildi.

Koreya Respublikasi Seoul shahrida 2023-yil 24-iyuldan 2-avgustgacha “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi yangi qisqa muddatli xalqaro dasturida ishtirok etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining 2023-yil 8-sentabrdagi 19-RA 1-11826-son xati va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentabrdagi 585-F-son farmoyishiga asosan, Samarqand shahrida 2023-yil 19-22-sentabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligiga a’zo davlatlarning arxiv xizmatlari rahbarlari Maslahat kengashining 19-yig‘ilishi hamda uning doirasida “Elektron hujjatlarni saqlash: texnologiyalar va usullar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi.

VII. 2023-yil 9 oylik davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 4 467 tani, yuborilgan hujjatlar soni 1 179 tani tashkil etdi. Shuningdek, 63 ta asosiy faoliyatga oid, 143 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 15 ta farmoyishlar ishlab chiqildi. Hisobot davrida Agentlik tomonidan 28 ta, ya’ni shundan, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari (1 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari
(7 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (13 ta), О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (7 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.

 

Axborot-tahlil va murojaatlar bilan

ishlash bо‘limi bosh mutaxassisi  A.Fayzullayev


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati