“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023 yil I choragiga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha MA’LUMOTI

I. О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yil I choragiga mо‘ljallangan rejasi 18 ta kо‘rsatkichlar bо‘yicha bajarilib, shundan 16 ta kо‘rsatkich bо‘yicha oshirib bajarildi.

Xususan, qog‘oz asosidagi hujjatlarni ta’mirlash 65 097 varaq (Reja bо‘yicha 54 805 varaq, bajarilishi 119%), muqovalash va tikish 26 619 s.b. (16 710 s.b., 159%)ni tashkil etdi.

О‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (О‘zR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash bо‘yicha qog‘oz asosidagi 4 502 s.b., (Reja bо‘yicha 1 742 s.b., bajarilishi 258%), 15 392 hujjat (7 038 hujjat, 219%), 30 s.b. kino (25 s.b., 120%), 800 h.b. surat (600 h.b., 133%), 10 s.b. (10 s.b., 100%) ovozli hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

О‘zR MAF elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida davlat arxivlarida qog‘oz asosidagi 30 887 s.b., (Reja bо‘yicha 12 488 s.b., bajarilishi 247%), 3 878 934 kadr (3 466 508 kadr, 112%), kino 50 s.b. (50 s.b., 100%), surat 2 378 h.b. (2 364 h.b., 101%), ovozli 92 s.b. (85 s.b., 108%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.

Rо‘yxatlarning elektron nusxalarini yaratish bо‘yicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 3 899 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 3 086 rо‘yxat, bajarilishi 126%), shaxsiy tarkib 390 rо‘yxat (325 rо‘yxat, 120%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 6 rо‘yxat (16 rо‘yxat, 38%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.

MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish bо‘yicha ilmiy ma’lumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 247 fond (Reja bо‘yicha 226 fond, bajarilishi 109%), 48 518 s.b. (30 158 s.b., 161%), shaxsiy kelib chiqish 5 fond (1 fond, 500%), 231 s.b. (2 s.b., 11 550%), shaxsiy tarkib 103 fond (111 fond, 93%), 5 932 s.b. (3 165 s.b., 187%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 19 302 s.b. (600 s.b., 3217%) hujjatlar, kino 10 s.b. (10 s.b., 100%), surat 867 s.b. (732 s.b., 118%), ovozli 100 s.b. (100 s.b., 100%) hujjatlarning hisobi yuritildi. 

Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlarida boshqaruv 128 ta tashkilot (Reja bо‘yicha 50 ta tashkilot, bajarilishi 256%), 1 089 s.b. (220 s.b., 495%), shaxsiy tarkib 648 ta tashkilot (355 ta tashkilot, 183%), 23 477 s.b. (7 999 s.b., 293%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 381 ta tashkilot (55 ta tashkilot, 693%), 7 035 s.b. (978 s.b., 719%) hujjatlarning hisobi yuritildi. 

Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 159 172 s.b. (Reja bо‘yicha 116 580 s.b., bajarilishi 137%), shaxsiy tarkib 3 017 s.b. (1 310 s.b., 230%), shaxsiy kelib chiqish 9 s.b. (6 s.b., 150%), ilmiy-texnik hujjatlar 1 300 s.b. (1 250 s.b., 104%), surat 377 s.b. (315 s.b., 120%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 1 011 s.b., shaxsiy tarkib 88 747 s.b. (71 025 s.b., 125%) hujjatlarining mavjudligi va holati bо‘yicha tekshirish о‘tkazildi.

Hujjatlarni xatlovini takomillashtirish bо‘yicha boshqaruv hujjatlari 13 937 rо‘yxat (6 310 rо‘yxat, bajarilishi 221%)ni tashkil etdi.

Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 46 139 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 25 109 s.b., bajarilishi 184%), 300 s.b. ilmiy-texnik (150 s.b., 200%), 12 526 s.b. shaxsiy tarkib (4 741 s.b., 264%), 34 640 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlarni, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 1 055 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 215 s.b., bajarilishi 491%), 22 434 s.b. shaxsiy tarkib (8 160 s.b., 275%), 21 795 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar tartibga keltirildi.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini о‘tkazish bо‘yicha 31 435 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 20 000 s.b., bajarilishi 157%), 283 s.b. shaxsiy tarkib (50 s.b., 566%) hujjatlarning ekspertizasi о‘tkazildi.

Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam kо‘rsatish (о‘rganish о‘tkazish) bо‘yicha 2023-yil I chorak davomida tashkilot va korxonalarda 268 ta yalpi о‘rganish (Reja bо‘yicha 230, bajarilishi 117%), 137 ta mavzuli о‘rganish (120 ta, 114%) ishlari olib borildi.

Davlat arxiv о‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bо‘yicha 338 nafar О‘zbekiston fuqarolari (Reja bо‘yicha 172 nafar, bajarilishi 197%), 8 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 9 494 s.b. (73 s.b., 13005%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bо‘yicha jami 648 ta (Reja bо‘yicha 136 ta, bajarilishi 476%) idoraviy hujjatlar, ya’ni shundan 133 ta (62 ta, 215%) yig‘majildlar nomenklaturasi, 455 ta (32 ta, 1422%) ish yuritish yо‘riqnomasi, 32 ta (21 ta, 152%) MEK va EK nizomlari, 28 ta (21 ta, 133%) idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 8 087,100 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 4 321,820 mln. sо‘m, bajarilishi 187%)ni, ya’ni shundan respublika davlat arxivlarida 5 548,460 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 2 473,230 mln. sо‘m, bajarilishi 224%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 2 325 mln. sо‘m (493 mln. sо‘m, 472%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 2 191 mln. sо‘m (1 556 mln. sо‘m, 141%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 340 mln. sо‘m (18 mln. sо‘m, 1932%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 275 mln. sо‘m (258 mln. sо‘m, 107%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 34 mln. sо‘m (2 mln. sо‘m, 1723%), boshqa pullik xizmatlardan 383 mln. sо‘m (147 mln. sо‘m, 261%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 2 538,640 mln. sо‘mni (Reja bо‘yicha 1 848,590 mln. sо‘m, bajarilishi 137%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 175 mln. sо‘m (56 mln. sо‘m, 314%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 594 mln. sо‘m (994 mln. sо‘m, 60%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 0 mln. sо‘m (10 mln. sо‘m, 0%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 1 326 mln. sо‘m (659 mln. sо‘m, 201%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 199 mln. sо‘m (26 mln. sо‘m, 772%), boshqa pullik xizmatlardan 245 mln. sо‘m (104 mln. sо‘m, 236%) tashkil etdi.

“О‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bо‘yicha 2023-yil I chorak davomida 75 ta (Reja bо‘yicha 77 ta, bajarilishi 97%) nazorat tekshiruvlari о‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qо‘llanilgan chora sifatida 50 ta taqdimnomalar kiritilgan, 9 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“О‘zarxiv” agentligida (METK), Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), О‘zbekiston Milliy arxivlarida (ETUK) tashkilotlar hujjatlari rо‘yxatlarini tasdiqlash (kelishish) bо‘yicha jami 1 181 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 847 rо‘yxat, bajarilishi 139%) bо‘lib, shundan 632 rо‘yxat boshqaruv (431 rо‘yxat, 147%), 4 rо‘yxat shaxsiy kelib chiqish (5 rо‘yxat, 80%), 435 rо‘yxat shaxsiy tarkib (301 rо‘yxat, 145%), 3 rо‘yxat ilmiy-texnik (2 rо‘yxat, 150%), alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv rо‘yxati 7 ta (22 ta, 32%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 35 rо‘yxat (27 rо‘yxat, 130%), hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risidagi dalolatnoma 60 ta (41 ta, 146%), 5 rо‘yxat surat (18 rо‘yxat, 28%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).

Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish bо‘yicha jami 746 hujjat (Reja bо‘yicha 460 hujjat, bajarilishi 162%) bо‘lib, shundan 402 hujjat yig‘majildlar nomenklaturasi (187 hujjat, 215%), 60 hujjat ish yuritish yо‘riqnomasi (67 hujjat, 90%), 146 hujjat MEK va EK nizomlari (104 hujjat, 140%), 138 hujjat idoraviy arxiv nizomlari (102 hujjat, 135%) kelishildi.

2023-yil I choragida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 76 nafar (Reja bо‘yicha 100 nafar, bajarilishi 76%) tinglovchi malaka oshirib, undan 17 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 59 nafar tinglovchi respublika idora va tashkilotlardagi mas’ul xodimlar о‘qitildi.

Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 102,350 mln. sо‘mni tashkil etdi.

Malaka oshirgan rahbar va xodimlar bо‘yicha jami 76 nafar, shundan rahbar xodimlar 17 nafar, xodimlar 59 nafar;

О‘quv kursi shakli bо‘yicha jami 76 nafar, shundan Markazda (oflayn) 38 nafar, masofaviy (onlayn) 38 nafar;

О‘quv kursi mavzusi bо‘yicha jami 76 nafar, shundan Arxiv ishi bо‘yicha 45 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati bо‘yicha 14 nafar, Boshqa kurslar bо‘yicha 17 nafar tinglovchilar о‘z malakalarini oshirdilar.

2023-yil I chorak davomida Respublika arxivlariga jami mavzuli sо‘rovlar 21 587 ta (Reja bо‘yicha 8 345 ta, bajarilishi 259%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 19 322 ta (7 985 ta, 242%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 2 265 ta (360 ta, bajarilishi 629%) kelib tushgan.

II. “О‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yil I chorak davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 2 ta sayyor va shaxsiy qabullar о‘tkazilib, ularda 19 nafar fuqarolar murojaatlari kо‘rib chiqildi.

Agentlikka 2023-yil I choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 247 ta (2022-yil I chorakda 245 ta, kо‘rsatkichi 101%), jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 203 ta (161 ta, kо‘rsatkichi 126%), Adliya vazirligi orqali 9 ta, Sayyor va shaxsiy qabullardan 19 ta (34 ta, kо‘rsatkichi 56%), Agentlikka tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yozma 10 ta (47 ta, kо‘rsatkichi 21%), idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 4 ta (3 ta, kо‘rsatkichi 133%), О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari bо‘yicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 2 ta murojaatlar kelib tushdi.

Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 325 ta (2022-yil I chorakda 1 291 ta, kо‘rsatkichi 25%) murojaatlar kelib tushdi hamda о‘rnatilgan tartibda kо‘rib chiqildi, shundan 126 ta murojaat qanoatlantirildi, 152 tasiga tushuntirish berildi, 30 tasi tegishliligi bо‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi va hozirda 17 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.

2023-yil I choragida Respublika arxivlariga 132 984 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar (2022-yil I chorakda 111 135 ta, kо‘rsatkichi 120%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 67 748 ta (50 269 ta, kо‘rsatkichi 135%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 65 236 ta (60 839 ta, kо‘rsatkichi 107%) kelib tushgan.

Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 112 379 ta (62 466 ta, kо‘rsatkichi 180%), Pochta va elektron pochta orqali 8 169 ta (19 794 ta, kо‘rsatkichi 41%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar kelib tushgan bо‘lsa, 12 436 nafar (28 875 ta, kо‘rsatkichi 43%) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 86 805 ta (76 969 ta, kо‘rsatkichi 113%) sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 77 668 tasi (69 121 ta, kо‘rsatkichi 112%) ijobiy, 9 137 tasi (7 884 ta, kо‘rsatkichi 116%) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bо‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan sо‘rovlar soni 36 817 tani (15 782 ta, kо‘rsatkichi 233%) tashkil etdi.

III. О‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-aprel holatiga) jami 919,3 ming saqlov birligidagi 57,0 mln. kadr raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023 yil boshidan 36 ming saqlov birligidagi qariyb 4 mln. kadr raqamlashtirildi va yillik reja 110,3 foizga bajarildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–357-son qaroriga 2-ilovaning 55-bandiga muvofiq, Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mо‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish va 2023 yil dekabr oyiga qadar amaliyotga joriy etish kо‘zda tutilgan.

Mazkur masala yuzasidan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish bо‘yicha bugungi kunda texnik topshiriq loyihasiga О‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023 yil 27 martdagi Yex-22-81199b-son) va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (2023 yil 28 martdagi 01-18-02/737-son) tomonidan ekspert xulosalari olindi.

Hozirda “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimining dastlabki talqini ishlab chiqilib, “О‘zarxiv” agentligida test-sinov о‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“О‘zarxiv” agentligi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqilib, davlat arxivlarida joriy qilindi.

Mazkur tizimda О‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-aprel holatiga) jami 47 271 ta fond, 42 652 ta rо‘yxat (biriktirilgan rо‘yxatlar soni 9 420 ta), 414 812 saqlov birligi va 110 816 ta hujjat yaratildi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qaroriga asosan, Davlat arxivlari binolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni О‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarining elektron texnik pasportlari tizimi pasportbino.uz platformasiga joylashtirish bо‘yicha tegishli ishlar muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, О‘zbekiston milliy arxivlari hamda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tarkibidagi davlat arxivlari uchun UNICON-SOFT tomonidan 104 ta login va parol ajratilib, arxivlarning tegishlicha binolari elektron texnik pasporti ma’lumotlari pasportbino.uz platformasiga kiritildi.

Bugungi kunda Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy kо‘rsatkichlari rejasi hamda hisobotlari shakllarini elektron va onlayn shakllantirish bо‘yicha loyiha ishlab chiqilib, “Arxiv ishi” yagona axborot tizimiga ushbu modulni integratsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu modulda har bir hududning о‘ziga biriktirilgan davlat arxivlarining oylik, choraklik va yillik hisobotlarini kо‘rish imkoniyatlari yaratiladi, shuningdek har bir hudud kesimida elektron hisobot olish imkoniyati yaratiladi.

IV. “О‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati zarur texnika va vositalar bilan tо‘liq ta’minlangan. Agentlik tomonidan arxiv faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan 2023-yil I chorak davomida 3 ta matbuot anjumani, 15 ta brifing о‘tkazilib onlayn efirga uzatildi. О‘tkazilgan tadbirlar yakunidan sо‘ng bir soat ichida “О‘zarxiv” agentligining “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lumotlar joylashtirib borildi.

Axborot xizmati tomonidan joriy yil I chorak davomida ijtimoiy tarmoqlarda 15 ta onlayn efirlar, shuningdek, 20 ta infografika va 193 ta foto, 16 ta audio hamda 57 ta video, 32 ta matn shaklida materiallar namoyish etildi.

“О‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida obunachilar soni 14 370 nafar (2022-yilda 13 752)ga yetgani holda, materiallarni kо‘rish о‘rtacha 57 997 ta (2022-yilda 39 000) ijtimoiy tarmoq a’zosini tashkil qilmoqda.

V. “О‘zarxiv” agentligining 2023-yil I yarim yilligiga mо‘ljallangan Asosiy ish rejasida belgilangan Agentlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan 5 ta tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda 33 ta banddan iborat “Yо‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

2023-yil yanvar oyida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Inson qadri oliy ne’mat” mavzusida turkum davra suhbatlari tashkil etildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan О‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Askar maktublari” kitob-albomi taqdimoti tashkil etildi, shuningdek ushbu mavzu doirasida Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, unda arxiv hujjatlaridan namunalar asosida kо‘rgazmalar tashkil etildi.

Fevral oyida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan 3 ta Milliy arxivlarda hamda 14 ta Viloyat davlat arxivlarida ma’naviyat soatlari tashkil etildi. Unda arxiv xodimlari ilmiy yangiliklarni olish bilan birga, о‘z iste’dodlarini ham namoyon etdilar.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Gender va xotin-qizlar masalalari qо‘mitasi hamkorligida О‘zbekiston milliy arxivida fevral oyida “Gender tenglikni ta’minlashda arxivchilarning о‘rni”, shuningdek “Arxiv ishi sohasida xotin-qizlar huquqlari hamda gender tenglik masalalari doimiy e’tiborda” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Mart oyida “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusida arxiv hujjatlari fotokо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Mazkur kо‘rgazma 6-11-mart kunlari Toshkent Fotokо‘rgazmalar uyida tashkil etildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan 14 ta viloyat davlat arxivlarida bayram tantanalari tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar о‘tkazildi.

Arxivlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash maqsadida 10-12-mart kunlari “Arxiv malikalari” tanlovi о‘tkazilib, unda 100 dan ortiq soha xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 8 ta yо‘nalishda treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Har kuning Navrо‘z bо‘lsin, jonajon О‘zbekistonim! nomli bosh g‘oya asosida Agentlik tizimida Navrо‘z ayyomlari keng nishonlandi. Hududiy va Milliy arxivlarda “Hur kuning bо‘lsin Navrо‘z!”, “Navrо‘z bayrami arxiv hujjatlarida” nomli tadbirlar tashkil etildi.

Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga e’tibor”, “Ona tilida sо‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat kо‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yо‘nalishlarda davri suhbati va tadbirlar tashkil etilmoqda.

VI. Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “О‘zbekiston Respublikasi “О‘zarxiv” agentligi va Amerika Qо‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi о‘rtasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari о‘quv zallaridan foydalanish faoliyati bо‘yicha 2023-yil I chorak mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Chexiya, Polsha, Shvetsiya, AQSH, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 10 ta murojaat kelib tushgan bо‘lib, shulardan 8 ta xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivlari о‘quv zallariga tashrif buyurib, u yerdagi arxiv materiallaridan о‘rnatilgan tartibda foydalanishga ruxsat berildi.

2023-yil 17-yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da “Xalq xotirasi muqaddas” nomli kо‘rgazma ochildi. Mazkur kо‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, О‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi, SHHT О‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida о‘tkazilmoqda. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar о‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qо‘shgan xissasini aks ettiradi. Kо‘rgazma о‘z ishini 2023-yil 5-martga qadar davom ettirishi belgilangan.

2023-yil 26-yanvarda “О‘zbekiston-Isroil” dо‘stlik jamiyati tomonidan “Xolokost xotirasi kuni” munosabati bilan Isroil Davlati va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.

2023-yil 8-fevralda “О‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “О‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “О‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan о‘zbekistonlik askarlar rо‘yxati taqdim etildi.

Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusiga kо‘ra, “О‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” grant loyihasi yuzasidan 2023-yil 22-fevralda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla Al Mutairi bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara о‘tkazildi. Mazkur onlayn muzokarada “О‘zarxiv” agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokо‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida 2023-yil 6-11-mart kunlari “О‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.

2023-yil 16-martda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi о‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston-Germaniya Respublikalari о‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotokо‘rgazmasi о‘tkazildi.

2023-yil 29-martda AQSH Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Shu bilan birga, 29-31-mart kunlari О‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, xodimlar faoliyati, о‘quv zali va muzey bо‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi.

VII. 2023-yil I chorak davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 1 378 tani, yuborilgan hujjatlar soni 402 tani tashkil etdi. Shuningdek, 22 ta asosiy faoliyatga oid, 40 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 7 ta farmoyishlar ishlab chiqildi. Hisobot davrida Agentlik tomonidan 11 ta, ya’ni shundan, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari (1 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (2 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (6 ta), О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (2 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.


Manba : Axborot-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi A.Fayzullayev