“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil I choragiga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha ma'lumoti

“О‘zarxiv” agentligining Arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil I choragiga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha

MA’LUMOT

 

1. Davlat arxivlari saqlovidagi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish (raqamlashtirish).

О‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan
(2024-yil 1-aprel holatiga) jami 1 030,0 ming saqlov birligidagi 70,1 mln. kadr hujjatlar raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2024-yil boshidan
55,1 ming saqlov birligidagi qariyb 4,2 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 125 %ga bajarildi.

“О‘zarxiv” agentligida “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqilib, davlat arxivlarida joriy qilindi. Mazkur tizimda О‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan (2024-yil 1-aprel holatiga) hisobot davrida jami 268,4 ming (133%) ma’lumotlar axborot tizimiga kiritildi, shundan 315 ta fond, 1 669 ta rо‘yxat, 116 250 ta saqlov birligi va 150 314 ta hujjat bazasi yaratildi.

2. Tashkilot va korxonalarning idoraviy saqlovidagi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini davlat arxivlari saqloviga qabul qilish.

MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish bо‘yicha ilmiy ma’lumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 332 fond (Reja bо‘yicha 202 fond, bajarilishi 164%), 74 587 s.b. (49 000 s.b., 152%), shaxsiy kelib chiqish
6 fond, 14 s.b., shaxsiy tarkib 137 fond, 4 820 s.b., ilmiy-texnik hujjatlar 1 fond,
1 s.b., kino 11 h.b. (10 h.b., 110%), surat 1 147 s.b. (940 s.b., 122%), ovozli 51 s.b. (50 s.b., 102%) hujjatlar qabul qilindi

3. Milliy arxiv fondi hujjatlarining hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish.

Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 203 280 s.b. (Reja bо‘yicha 149 000 s.b., bajarilishi 136%), shaxsiy tarkib 7 671 s.b., shaxsiy kelib chiqish 126 s.b., ilmiy-texnik hujjatlar 775 s.b., shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 699 s.b., shaxsiy tarkib 94 916 s.b. (70 677 s.b., 134%) hujjatlarining mavjudligi va holati bо‘yicha tekshirish о‘tkazildi.

4. Tashkilot va korxonalarning arxiv hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirish.

Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 63 126 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 43 310 s.b., bajarilishi 145%), 293 s.b. ilmiy-texnik (250 s.b., 117%), 12 049 s.b. shaxsiy tarkib (6 440 s.b., 187%), 46 604 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 1 925 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 375 s.b., bajarilishi 513%), 13 091 s.b. shaxsiy tarkib (7 857 s.b., 166%), 37 502 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar tartibga keltirildi.

5. Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini о‘tkazish bо‘yicha 33 269 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 19 850 s.b., bajarilishi 167%), 280 s.b. shaxsiy kelib chiqish hujjatlarning ekspertizasi о‘tkazildi.

6. Davlat organlari va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tekshiruvlarini oʻtkazish.

“О‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bо‘yicha 2024-yil I chorak davomida 72 ta tashkilotda (Reja bо‘yicha 72 ta, bajarilishi 100%) nazorat tekshiruvlari о‘tkazilib, tegishli tashkilot va korxonalarga qо‘llanilgan chora sifatida 56 ta taqdimnomalar kiritilgan, 13 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (sudlardan tashqari) 1 ta materiallar yuborilgan.

7. Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.

Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam kо‘rsatish (о‘rganish о‘tkazish) bо‘yicha 2024-yil I chorak davomida tashkilot va korxonalarda 166 ta yalpi о‘rganish (Reja bо‘yicha 75, bajarilishi 221%), 107 ta mavzuli о‘rganish (25 ta, 428%) ishlari olib borildi.

Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bо‘yicha jami 256 ta idoraviy hujjatlar, ya’ni shundan 153 ta yig‘majildlar nomenklaturasi, 21 ta ish yuritish yо‘riqnomasi, 40 ta MEK
va EK nizomlari, 42 ta idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.