“O‘zarxiv” agentligining tegishli buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellatsiya kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Apellatsiya kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
jismoniy va yuridik shaxslar hamda “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha koʻrib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini koʻrish;
murojaatni koʻrib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;
murojaatni koʻrib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.