“O'zarxiv” agentligining tizimidagi arxiv muassasalarida 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yil 23 yanvarda “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. 
Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi raxbariyati va xodimlari, respublikaning barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirokida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
“O'zarxiv” agentligi tizimida 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va respublika arxiv muassasalarining 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida;  
“O'zarxiv” agentligi va markaziy davlat arxivlarining 2014 yil harajatlari smetasi ijrosi hamda davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadlarining sarflanishi to'g'risida; 
O'zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining holati va uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida; 
Arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida. 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.