“O'zarxiv” agentligining tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 oyiligida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi...
Joriy yil 27 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi binosida “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 oyiligida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi raxbariyati va xodimlari, respublikaning barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirokida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
“O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yil 9 oyiligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi to'g'risida;
Samarqand viloyati arxiv muassasalariga kelib tushayotgan so‘rovlarning ijrosi to‘g‘risida;
Buxoro viloyati arxiv muassasalarida sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks o'rganish natijalari to'g'risida;
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida;
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida;
O'zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining holati va uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.