“O'zarxiv” agentligining tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil I choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi...

Joriy yil 1 mayda “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil                 I choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi raxbariyati va xodimlari, respublikaning barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari, markaziy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirokida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yil I choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi to'g'risida;
            “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati to'g'risida;
“O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida yong'in xavfsizligini ta'minlash to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati va uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida;
Arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.