“O'zarxiv” agentligining tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil I -yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi...
Joriy yil 24 iyulda “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil I-yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi raxbariyati va xodimlari, respublikaning barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirokida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
“O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yil I-yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi to'g'risida;
Surxondaryo viloyat arxivlarda yong'in havfsizligi talablarini bajarilishi, ularning holati to'g'risida;
Farg'ona, Buxoro viloyatlari arxiv muassasalarida sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks o'rganish natijalari to'g'risida;
arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.