“O‘zarxiv”agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ishtirokida brifing o‘tkazildi





“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha navbatdagi brifing

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov maʼlum qildi:

Arxiv ishi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonini raqamlashtirish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirildi.

Vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda saqlanayotgan elektron hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish maqsadida Arxiv.gov.uz axborot tizimi ishlab chiqilib, sinov jarayonlari boshlandi.

Fuqarolar Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarning elektron nusxasini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn olishlari mumkin.

Tadbirkorlik subyektlariga xususiy arxivlarni tashkil etish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi, o‘rnatilgan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati