“O‘zbek dublaj san’ati 85 yoshda”

«O‘zbekfilm» kinokonsernida XV Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida «O‘zbek dublaji san’ati 85 yoshda» nomi ostida tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda milliy kino dublajimiz tarixi, sohada o‘chmas iz qoldirgan shaxslar haqida ma’lumotlar, iqtiboslar, dublajda erishilgan yutuqlar va muhim voqealar aks ettirilgan «Dublyaj san’ati tarixi» kitobining taqdimoti va dublaj san’ati muzeyining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobning yaratilishida arxiv ma’lumotlari taqdim etilganligi uchun milliy arxivlarga minnatdorchilik bildirildi. 

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari vakillari ishtirok etishdi, jumladan O‘zbekiston Kinofotofono milliy arxivi direktori Alijon Mahkamov dublaj san’ati fidoyisi, studiya rahbari Mukambar Rahimovani qutlug‘ sana bilan tabrikladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati