O‘zbek xalqining o‘g‘lonlari ham Ikkinchi jahon urushi frontlarida
#G‘alaba75 #Pobeda75
O‘zbek xalqining o‘g‘lonlari ham Ikkinchi jahon urushi frontlarida mardlik va qahramonlik ko‘rsatdilar. Stalingrad shahri himoyasida ko‘rsatilgan jasorat uchun 2,738 nafar o‘zbek askariga harbiy orden va medallar topshirilgan. Dnepr jangidagi qahramonliklari uchun 45 nafar o‘zbek askari Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Dushman tomonidan vaqtincha bosib olingan hududlarda o‘zbeklar partizan otryadlarida jang qilgan.

1945-yil 8-mayda Gitler Germaniyasining so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi hujjatlarni Berlindan Moskvaga Toshkentlik uchuvchi A. Taymetov o‘z safdoshlari bilan birga yetkazib bergan.
120 ming kishiga harbiy orden va medallar topshirilgan. 338 nafar O‘zbek Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, 45 nafari Dnepr jangida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun mukofotlangan. 53 nafar o‘zbeklar uch darajali Shon-shuxrat ordeni sohibiga aylangan.
Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Izboskan tuman davlat arxivining fondlarida saqlanyotgan ikkinchi jaxon urushi va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi tadbirlari doirasida ushbu suronli yillarga oid turkum xujjatlar va fotolardan namunalar taqdim etiladi.
Ushbu foto lavhalar 1941-1943 yillarda olingan bo‘lib, suratlar Leningrad, Brandenburg, Volxova, Stalingrad hamda Yugaslaviya respublikasida olingan.
Mazkur fotolar bugungi tinch, osoyishta, to‘kin dasturxonimiz uchun shukuronalikda yashash hissini uyg‘otadi.
Shuningdek, davlat arxivi saqlovida 1942 yilda sobiq SSSR Oliy soveti prezidiumining urush qatnashchilarini medal' bilan taqdirlash vedomostlari mavjud.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati