“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, undagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, undagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun, O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, arxiv xodimlari hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bo‘lim boshlig‘i Furqat Yunusov ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, undagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari onlayn hamda offlayn ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan Agentlik direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov, Axborot xizmati rahbari A.Aliyev, Markaz bo‘lim boshlig‘i F.Yunusovlar tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining besh ustuvor yo‘nalishi va undagi 100 ta muhim maqsad haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatimiz rahbari tomonidan mamlakat rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma‘lumotlarni keltirib o‘tganligi hamda mamlakat rahbariyati oldida turgan xalq farovonligini oshirish borasidagi maqsadlar bilan o‘rtoqlashgani uchun F.Yunusovga yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Batafsil: https://fb.watch/sYRqRre0To/