“O‘zbekiston 24” telekanalining “Buyuk G‘alabaga buyuk hissa” nomli ko‘rsatuvi

#G‘alaba75 #Pobeda75
O‘zbekiston MTRK mediamarkazida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Buyuk G‘alabaga buyuk hissa” nomli ko‘rsatuvini dastlabki qismini suratga olish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Suratga olish ishlarida O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari tarix fanlari doktori, professor Isakova M.S. va M.M. Muxamedjanova ishtirok etdilar. Arxivdagi mavjud hujjatlar asosida ko‘rsatuv tayyorlanmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rsatuv bir necha qismlardan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasini yoritib beradi.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati