“O‘zbekiston amaliy san’at tarixi” arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi ochilish marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, vazirliklar va idoralar, jumladan “O‘zarxiv” agentligi ishtirokida joriy yil 8-12 noyabr kunlari 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi alomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlangan “Zamonaviy amaliy san’at: dekor va uslub” deb nomlangan “III Toshkent Halqaro amaliy san’at Biyennalesi”tadbiri o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi hujjatlari asosida “O‘zbekiston amaliy san’at tarixi” arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bugun ko‘rgazmaning ochilish marosimi o‘tkazildi. Ochilish marosimida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov va O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovlar ishtirokchilarga ko‘rgazma mohiyati haqida gapirdilar.
Ko‘rgazmaga biyennalening horijiy mehmonlari va ishtirokchilari, xorijiy elchixonalar, arxivlar, hamkor tashkilotlar rahbarlari va vakillari tashrif buyurdilar.
Tadbir jarayonida "O‘zarxiv" agentligi tomonidan chop etilgan "O‘zbekiston arxivlari" kitob-albomi esdalik sifatida topshirildi.
Ko‘rgazma “Toshkent Fotosuratlar uyi” binosida (manzil : Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi 4 uy.) 12 noyabr kuni kunning oxirigacha davom etadi.