O‘zbekiston delegatsiyasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ishtirokiga doir
2015-yilning 10-12-noyabr kunlari Chendu shahrida (Xitoy) O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilishda 2005-yilda imzolangan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim nizomlarini amalga oshirish doirasida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda chora ko‘rish masalalarini muhokama qiladilar.