O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi o‘z faoliyatida zamonaviy-axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilgan Respublikadagi ilg‘or arxivlardan biridir.

Arxiv muntazam ravishda sohani avtomatlashtirishga, arxivga so‘ngi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib boradi. 
Arxivga Respublikamizdagi IT sohasidagi yetakchi xorijiy firmalardan biri "Navitas" firmasining xodimi Hugo Lossi tashrif buyurdi. Suhbatda "O‘zarxiv" agentligi "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi" boshlig‘i A.Turapov, arxiv direktori B.Axmedov hamda tegishli bo‘lim mudirlari ishtirok etdilar.
Mehmon arxiv faoliyati va so‘ngi yillarda amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishtirildi. 
Shuningdek Hugo Lossi bilan elektron hujjatlardan foydalanish, ularni qididrib topish va elektron hujjatlarni qabul qilishdagi istiqbolli rejalar muhokama qilinib, hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati