“Oʻzbekiston-Isroil birinchi akademik ilmiy forumi”
Joriy yil 5-11-sentyabr kunlari Oʻzbekiston-Isroil birinchi akademik forumi tadbirlari Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida Isroil davlatidan tashrif buyurgan Ariel universiteti va Xolon texnologiya institutining 70-dan ortiq akademiklar, professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari oʻzlarining aniq va tabiiy fanlar, turizm, energetika, taʼlim, texnika, meditsina va boshqa sohalarda ilgʻor tajribalarining taqdimotlari tashkil etildi. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori A.V.Mahkamov gumanitar sohadagi “Academia of the 21st Century: standing at the Vanguard” ilmiy sammiti ishlarida faol qatnashdi. Ariel universitetining Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari yahudiy halqlarining ilmiy-tadqiqot markazining The Humanities as a factor of preservation of the cultural Heritage in the 21st Century: The Research of Jewish Communities (Gumanitarnыe nauki, kak faktor soxraneniya kulturnogo naslediya v XXI v.: issledovaniye yevreyskix obщin) seksiya ishlarida Oʻzbekistondagi yahudiylar tarixi boʻyicha alohida ilmiy-amaliy tadqiqotlar tashkil etildi.