“O‘ZBЕKISTON MILLIY ARXIVI DAVLAT SAQLOVIGA AKADЕMIK GALINA ANATOLЕVNA PUGACHЕNKOVANING SHAXSIY ARXIV HUJJATLARINI TOPSHIRISH” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

 

2023-yil 26-oktabrda O‘zbekiston Milliy arxivida “akademik Galina Anatolevna Pugachenkovaning (1915-2007) shaxsiy arxiv hujjatlarini davlat saqloviga topshirish” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari, Fransiya elchixonasi, Shveytsariya elchixonasi rahbar xodimlari, tarixchi olimlar, arxivchilar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu hujjatlarni saqlovga topshirish Xalqaro nodavlat notijorat tashkilot Alerte Héritage observatoriyasi tashabbusi bilan amalga oshirilib, ushbu tashkilot 2018-yilda amalga oshirilgan Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan “Ochiq arxivlar yaratish” dasturi doirasida G.A. Pugachenkovaning arxiv hujjatlarining raqamlashtirilgan nusxalari keng jamoatchilik foydalanishi uchun ochik bo‘lgan rus va fransuz tillaridagi  https://pugachenkova.net veb saytga joylashtirilgan.

Ushbu arxivning qog‘oz asosidagi asl hujjatlari O‘zbekiston Milliy arxiviga topshirildi. Mazkur hujjatlar olima G. Pugachenkova tomonidan 336 ta yig‘majildga tizimlashtirilgan bo‘lib, ularning ichida qo‘lyozma va mashini asosida yozilgan matnlar, olimaning ilmiy ishlari, arxeologik tadqiqot daftarlari, rasmiy va shaxsiy yozishmalar, annotatsiyalar, biografik qaydlar, foto suratlar, negativlar, chizma, xarita, rasm va moy bo‘yoqli suratlar jamlangan. Milliy arxivda mazkur hujjatlar Markaziy Osiyo tarixini tadqiq etgan taniqli arxeolog Mixail Yevgenevich Massonning(1897-1986) oilaviy shaxsiy fondi hujjatlari bilan birlashtiriladi.

Mazkur hujjatlar bebaho ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir nechta ilmiy izlanishlar olib borish, kitoblar nashr etish hamda hujjatlar ko‘rg‘azmalarini tashkil etishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati