Oʻzbekiston Milliy arxivi (OʻMA) binosida koʻrgazmalar zali-muzey ochildi.
Oʻzbekiston Milliy arxivi (OʻMA) binosida necha yillik ulugʻ bir niyat amalga oshdi. Oʻtmishni kelajak ila bogʻlab, zarhal sahifalari bilan nafaqat oʻzbekistonliklar balki, xorijliklarni hayratga solib kelayotgan buyuk tarix endi koʻz oʻngingizda moʻjaz bir koʻrgazmalar zali-muzeyda jamlandi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston arxiv tizimida bu – qaldirgʻoch muzeylardan biridir.
Mazkur muzey vitrinalarini IX-XIX asrga tegishli durdona vaqf hujjatlari, paleografik chizma rasmlar, noyob xaritalar, shajaralar shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida arxiv sohasida ulkan yutuqlarni aks ettirgan bebaho hujjatlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. Ushbu maskanda turli davrlarga oid milliy va anʼanaviy hunarmandchilik hamda arxeologik topilma ashyolari eksponatlari ham joylashtirildi.
Muzeyning ilk tomoshabinlari Birlashgan Arab Amirligi (BAA) delegatsiyasi aʼzolari boʻlib, mazkur noyob hujjatlar ularda katta taassurot qoldirdi va oʻz fikrlarida xech bir joyda
Muzey faoliyati – muzey tashkilotchisi Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.T.Zakirova tasdiqlagan mavzular va gʻoyalar (tarixiy va shonli sanalar) taqvimi asosida faoliyat olib boradi.
Muzeyda faxriy mehmonlar uchun “Sizning fikringiz...”esdalik kitobi joriy etildi. Muzey bepul xizmat koʻrsatadi, tashrif buyuring va oʻtmishdan bohabar boʻling!
Muazzam kunlarga sharaf-shondir u!
Oʻn bir asrlik tarix unda mujassam,
100-yillik toʻyingga toʻyonadir bu!
Oldinda rejalar, mushtarak manzil.
Bu muzey ulgʻayib, bir ibrat boʻlib,
“Oʻzarxiv” shoniga tamaddun boʻlgay!