O‘zbekiston Milliy arxivida “11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan arxivchi xodimlar O‘zbekiston davlat muassasalari va Jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi mas’ullari tomonidan Faxriy yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Milliy arxivida “11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlar O‘zbekiston davlat muassasalari va Jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi mas’ullari tomonidan Faxriy yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘ngida “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.