Oʼzbekiston Milliy arxivida АQShning Xolokost yodgorlik muzeyi bilan tuzilgan Texnik bitim ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar boshlab yuborildi
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги ва Америка Қўшма Штатлари Холокост ёдгорлик музейи ўртасидаги ҳамкорлик тўғрисидаги Шартнома асосида 2021 йил 14 январда имзоланган Техник битимда белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Миллий архиви ўз ишини бошлаб юборди.
АQShning Xolokost yodgorlik muzeyi bilan hamkorlik toʼgʼrisidagi Shartnoma va Texnik bitimda belgilangan vazifalarni oʼz vaqtida sifatli amalga oshirish maqsadida, OʼzMАning tegishli buyrugʼi va ishchi guruhi roʼyxati ishlab chiqildi. Roʼyxatga kiritilgan xodimlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar taqsimlab berildi. Oʼzbekiston Milliy arxivi binosida Xolokost ishini amalga oshirish maqsadida aloxida xona hozirlanmoqda. Ishchi guruh aʼzolarining bir qismi kartotekalarning sanogʼini olib borish hujjatlarni saralash bilan shugʼullanishmoqda.
OʼzMАning ishchi guruhiga kiritilgan xodimlar hujjatlarni elektron nusxaga oʼtkazish, raqamlashtirilgan hujjatlar bazasini yaratishmoqda. Raxbariyat tomonidan ish sifati muntazam nazorat qilinib xodimlarga kerakli koʼrsatma va tavsiyalar berilmoqda.