O‘zbekiston Milliy arxivida joriy yil 6 dekabr kuni  “O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy va amaliy ahamiyati"   mavzusida tantanali yigʼilish tashkil etildi. Tantanali yigʼilish shu sanaga bagʼishlangan tadbirga ulanib ketdi.  Tadbir davomida bir qator soha xodimlari "SOHА IFTIXORI" ko‘krak nishoni, "O'zarxiv" agentligi "FАXRIY YORLIGʼI" va "TАShАKKURNOMА"lari bilan taqdirlandilar.

Davlatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish masalasi asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Ko‘p izlanishlar va xalq muhokamasidan so‘ng 1992 yil 8 dekabrda xalqimizning hoxish irodasi, takliflari asosida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilindi. Davlatimizning Аsosiy Qonuni boʼlgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida hayot sinovidan oʼtib, milliy davlatchilik va uning demokratik tamoyillari asosida qurilgan siyosiy hamda iqtisodiy tizimni shakllantirishning huquqiy poydevori vazifasini o‘tab kelmoqda. Darhaqiqat, Konstitutsiya xalq irodasini, hoxish istagini ifoda etar ekan, unga zamon va makondan kelib chiqib oʼzgartirishlar kiritildi. Bu borada yaqindagina Davlatimiz Rahbari Oliy Majlis Qoʼshma majlisida ilgari surilgan 7 ta yoʼnalishda ham Yangi O‘zbekistonni qurishda Konstitutsiyaviy oʼzgartirishlar kiritilishi haqida bayon etdi. 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan"O‘zarxiv" agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida  Maʼnaviyat soatlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilib, unda Bosh qomusimiz mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlarimiz, bugungi osoyishta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim asosi ekanligi eʼtirof etilmoqda. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik,  ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga huquqiy zamin boʼlib xizmat qilayotgan asosiy Qonunimizning ahamiyati hayotiy misollar bilan tushuntirilib berilmoqda. Konstitutsiyada belgilab berilgan qoida va tamoyillar asosida mamlakatimizda qonunchilik tizimi, davlat va nodavlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirildi va yanada takomillashtirilib borilmoqda.
Tarmoqdagi O‘zbekiston milliy arxivlarida bayram arafasi tadbirlari tashkillashtirilmoqda. Jumladan,  O‘zbekiston Milliy arxivida joriy yil 6 dekabrь kuni  “O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy va amaliy ahamiyati"   mavzusida tantanali yigʼilish tashkil etildi. Tantanali yigʼilish shu sanaga bagʼishlangan tadbirga ulanib ketdi.  Tadbir davomida bir qator soha xodimlari "SOHА IFTIXORI" ko‘krak nishoni, "Oʼzarxiv" agentligi "FАXRIY YORLIGʼI" va "TАShАKKURNOMА"lari bilan taqdirlandilar.
Аytish kerakki, tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, arxivlar faoliyatidagi oʼrni va ahamiyati hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan mehnat huquqi sohasidagi islohotlar borasidagi maʼruzalarni katta qiziqish bilan tinglashmoqda. Eng muhimi mavzu yuzasidan oʼz  fikrlari va qiziqtirgan savollari bilan  faol ishtirok etishmoqda.
Darhaqiqat, Konstitutsiya bu – hayotimizning goʼzal va obod boʼlishi, davlat chegaralarining daxlsizligi va xalqimizning nurafshon hayotining taʼminlab beruvchi Bosh qomusimizdir. Uning tarixiy va amaliy ahamiyati ham shu maʼnoda uzoq va yaqin tariximiz, amalga oshirayotgan yangi islohotlar zamirida mujassamdir.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati