O‘zbekiston Milliy arxivida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy arxivida 2021 yil 17 sentyabr  kuni “Ob’ekt ishchi-xizmatchilari hamda Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ob’ektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda ob’ekt ishchi xizmatchilarining harakati va o‘tkaziladigan tadbirlarga aniqliklar kiritishdan iboratdir. o‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Milliy arxivining barcha raxbar va xodimlari, ob’ekt fuqaro muhofazasi shtab a’zolari, ob’ektda tashkil etilgan fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi va Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi 4-otryadidan 8 nafar xodimlar ishtirok etishdi. 
O‘zbekiston Milliy arxivining ishchi xizmatchilariga yong‘in o‘chirish moslamalaridan qanday foydalanish, qay holatda ishlatilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati