O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi 




















 

O‘zbekiston Milliy arxivida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ishtirokida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. 

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning javobgarligi va masʼuliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, rahbar va xodimlarning korrupsiyaga qarshi talablarga og‘ishmay rioya qilishlari yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.














 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati