O‘zbekiston Milliy arxivida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy arxivida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy arxivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur Farmon bilan Adliya vazirligi, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga 4 ta yangi yo‘nalishlar, 6 ta yangi vazifalar belgilanganligi, ixcham boshqaruvning yangi tuzilmalari yaratilganligi, fuqarolarga mahallalarda bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi, arxiv sohasi kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining takomillashtirilganligi keng tushuntirildi.
Seminarda offlayn va onlayn ishtirok etgan arxiv tizimi xodimlariga Adliya vazirligi mutasaddilari tomonidan Farmon ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar loyihalari tanishtirib o‘tildi.