O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy tadbir o‘tkazildi.
Unda soha vakillari, olimlar, talabalar, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori o‘rinbosari O‘.Boboyorov ishtirok etdi.
“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maʼruzalar, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ila zabardast shoirlarimizning sheʼriyatidan parchalar bilan boshlandi.
Tadbirda davlat tilini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh arxivchilar “O‘zarxiv” agentligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.