O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2020 yil 12 fevralda O‘zbekiston Milliy arxivida “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” Agentligi mutaxassislari hamda arxiv xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini O‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.T.Zakirova ochib berib, so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Diniy qo‘mitasi vakili B.Daminovga berdi. B.Daminov o‘z ma'ruzasida O‘zbekiston Respublikasida islom dini ta'limoti, fuqarolarning diniy e'tiqodlari hamda turli diniy yo‘nalishlarga munosabatlar masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari A.O.Aliev esa bugungi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot hurujlariga o‘z munosabatini bildirdi.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati