Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA oʻtgan 2020-yilning eng faol va zoʻr faoliyat yuritgan vazirlik, tashkilot, hokimlik va banklarni aniqladi!
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA oʻtgan 2020-yilning eng faol va zoʻr faoliyat yuritgan vazirlik, tashkilot, hokimlik va banklarni aniqladi! Qisqacha aytganda, Oʻzbekistonda ramziy maʼnodagi toʻrtinchi hokimiyat bu yil ikkinchi marta boshqa haqiqiy hokimiyat egalarini taqdirladi.
Tanlovning 1-bosqichida ijtimoiy soʻrov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar uchun daʼvogarlar saralandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi soʻrovnoma yakunlariga koʻra keyingi bosqichga oʻtgan tizimlar aniqlandi.
2-bosqichda esa, gʻoliblar jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga asosan aniqlandi. Unda 50 nafardan ortiq jurnalist va bloger oʻzi maqbul deb topgan tizimga ovoz berdi.
Shu tariqa 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida anʼanaviy tanlov gʻoliblari saralab olindi.