“O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi” taqdimoti hamda “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 24-aprel kuni Buxoro shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazi binosida “O‘zarxiv” agentligi va Ozarbayjon Milliy arxivi boshqarmasi hamkorligida tayyorlangan “O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi” taqdimoti hamda “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, Ozarbayjon Milliy arxiv boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Asker Odil o‘g‘li boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirok etdilar.