O‘zbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30-oktabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tadi.
Forum ishida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.