Joriy yining 12-iyul kuni Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “2023-yil I-yarim yillik davomida Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamkorligida 2023-yilning 12-iyul kuni Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “2023-yil I-yarim yillik davomida Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Mazkur matbuot anjumanida viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, shuningdek, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdilar.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Zuhriddinov tomonidan davlat va nodavlat OAV vakillari tomonidan soha yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi. Shuningdek, Matbuot anjumani so‘ngida boshqarma tizimidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan foto va hujjatlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.