Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi boshlangʻich kasaba uyushmasining hisobot-saylov yigʻilishi oʻtkazildi.



Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari – ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi ishonchli vakil

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi boshlangʻich kasaba uyushmasining hisobot-saylov yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston milliy arxivlari xodimlari ishtirok etdi. Unda “Oʻzarxiv” agentligi Boshlangʻich kasaba uyushmasining 2020-2024-yillar davri mobaynidagi faoliyati yakunlari hisoboti, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar, taftish komissiyasining hisoboti eshitildi.

Yigʻilish yakunida Boshlangʻich kasaba uyushmasining hisobot davri faoliyati qoniqarli deb topildi. Hisobot davri yakunlanganligi hamda vakolat doirasi tugaganligi sababli “Oʻzarxiv” agentligi Boshlangʻich kasaba uyushmasining raisi, uyushma tarkibi, taftish komissiyasi tarkibiga saylovlar oʻtkazildi. “Oʻzarxiv” agentligi Boshlangʻich kasaba uyushmasi tarkibi yangilandi.

Yangi saylangan Boshlangʻich kasaba uyushmasi raisi va uyushma tarkibiga kelgusi ishlarini amalga oshirishda xodimlar va Oʻzbekiston milliy arxivlari vakillari tomonidan tavsiyalar, faoliyat takliflari berildi. Agentlikning Boshlangʻich kasaba uyushmasi raisligiga Shirmuxamedova Karomat Manapovna saylandi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati