Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ajrim hujjatlari, kadastr bilan bog'liq muammolar bilan murojaat qilishdi. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqilib, fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
Sayyor qabuldan so‘ng  “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyatida ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati