О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “О‘zarxiv” agentligi tomonidan 2023 yil mobaynida xalqaro munosabatlar yо‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risida MA’LUMOT
“О‘zbekiston Respublikasi “О‘zarxiv” agentligi va Amerika Qо‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi о‘rtasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021 yil 14 yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021 yil 9 fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2023 yil 28 martdan 12 aprelgacha Muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan О‘zbekistonga ishchi tashrif bilan buyurdi. Xususan, 29 mart kuni V.Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Uchrashuv yakunida О‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, о‘quv zali va muzey bо‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Tashrifning qolgan sanalarida V.Alskan О‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, О‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Toshkent shahar davlat arxivi, Samarqand va Buxoro viloyatlari davlat arxivlariga loyiha doirasida ishchi tashriflarni amalga oshirgan. 2022 yil uchun tanlangan arxiv materiallari rо‘yxati о‘rnatilgan tartibda kelishilgan bо‘lib, ushbu rо‘yxat asosida arxiv materiallarining raqamli nusxalari tayyorlandi. Tanlangan va kelishilgan jami 94796 ta kadrdan iborat arxiv materiallari jamlangan 2 ta qattiq disk AQSH Xolokost yodgorlik muzeyiga diplomatik kanallar orqali yuborilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari o‘quv zallaridan foydalanish faoliyati bо‘yicha 2023 yil mobaynida AQSH, Polsha, Germaniya, Chexiya, Shvetsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlardan jami 64 ta xorijiy foydalanuvchilar davlat arxivlari о‘quv zallariga tashrif buyurgan, shulardan 43 tasiga arxiv materiallaridan о‘rnatilgan tartibda foydalanishga 1 yilga amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan.
2023 yil 17 yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da “Xalq xotirasi muqaddas” nomli kо‘rgazma ochildi. Mazkur kо‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, О‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi, SHHT О‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida о‘tkazildi. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qо‘shgan xissasini aks ettirdi. Kо‘rgazma о‘z ishini 2023 yil 5 martga qadar davom ettirgan.
2023 yil 26 yanvarda “О‘zbekiston-Isroil” dо‘stlik jamiyati tomonidan “Xolokost xotirasi kuni” munosabati bilan Isroil Davlati va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.
2023 yil 8 fevralda “О‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voysex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “О‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “О‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan о‘zbekistonlik askarlar rо‘yxati taqdim etildi.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokо‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida 2023 yil 6-11 mart kunlari “О‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.
2023 yil 16 martda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi о‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston-Germaniya Respublikalari о‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotokо‘rgazmasi о‘tkazildi.
2023 yil 29 martda AQSH Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Shu bilan birga, 29-31 mart kunlari О‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, xodimlar faoliyati, о‘quv zali va muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi.
О‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga kо‘ra 2023 yil 14 aprel kuni о‘tkazilgan “Xalq diplomatiyasi Markaziy Osiyo hududida tinchlik, dо‘stlik va yaxshi qо‘shnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etildi.
Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan 2023 yilning 13-14 aprel kunlari о‘tkazilgan Yosh olimlar va mutaxassislar XIII Xalqaro konferensiyasi “CLIO-2023”da onlayn formatda ishtirok etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgustdagi 196-son “Fransiya va Italiya davlatlari bilan Madaniy meros sohasida hamkorlikni rivojlantirish tо‘g‘risida” bayoni 1-ilovasining 8-bandi ijrosini ta’minlash “Fransiya Madaniyat vazirligi va Davlat arxivi bilan hamkorlikda Fransiyadagi О‘zbekistonga oid madaniy boyliklarini о‘rganish bо‘yicha ilmiy onlayn-seminarini tashkil etish” maqsadida Madaniy meros agentligi tashabbusiga kо‘ra, 2023 yilning 20 aprel kuni tashkillashtirilgan onlayn-seminarda ishtirok etildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan 2023 yil 27 aprel kuni о‘tkazilgan “О‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Fanlar Akademiyasi, О‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, “О‘zarxiv” agentligi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida 2023 yil 27 aprelda “Shon-sharaf” davlat muzeyida о‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan “Kо‘p millatli О‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida kо‘rsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.
“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan О‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qо‘shgan hissasini namoyish etuvchi “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” mavzusida arxiv hujjatlari fotokо‘rgazmasi О‘zbekiston tarixi davlat muzeyida 2023 yilning 5-15 may kunlari о‘tkazildi hamda unda xorij Elchixonalari vakillari, jumladan, Isroil Davlati va Belarus Respublikasi Elchilari kirish nutqlari bilan ishtirok etdilar.
2023 yilning 19 may kuni О‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Toshkentdagi “Svitanak” belorus milliy madaniyat markazi va О‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy kechada ishtirok etildi.
Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishi va hujjatlarni boshqarish Qо‘mitasi huzuridagi “Kino-foto va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining 80-yillik yubileyi doirasida 2023 yilning 18-19 may kunlari Olma-Ota shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Milliy arxiv fondining audiovizual hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.
2023 yilning 18-20 may kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida bо‘lib о‘tgan “Rossiya-Islom olami: KazanForum 2023” XIV Xalqaro iqtisodiy sammitda hamda mazkur sammit doirasida о‘tkazilgan “Shejere-iman nigeze” nomli forumda ishtirok etildi.
2023 yilning 24-26 may kunlari Buxoro shahrida о‘tkazilgan “Central Asia-2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.
О‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga binoan 2023 yilning 30 may kuni Toshkent fotosuratlar uyida о‘tkazilgan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan SHHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab о‘quvchilari о‘rtasida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida navbatdagi bolalar rasmlari kо‘rgazmasida ishtirok etildi.
Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning 2023 yil 25 maydagi axborot xatiga muvofiq, 2023 yil 5-9 iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #IAW2023 – beshinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Arxivining taklifiga muvofiq, 2023 yilning 7-9 iyun kunlari Olma-Ota shahrida “Arxivlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyati: rivojlanishning yangi tendensiyalari” mavzusida о‘tkazilgan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VI malaka oshirish dasturida ishtirok etildi.
“9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan о‘zbek tomoni tashabbusiga kо‘ra ilk marotaba 2023 yil 8 iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi, “О‘zarxiv” agentligi va О‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida SHHTga a’zo davlatlar arxiv idoralari rahbarlari ishtirokida “Arxivlar – SHHTga a’o davlatlar о‘rtasidagi dо‘stlik kо‘prigi” mavzusida davra-suhbati onlayn vidoyekonferens-aloqa shaklida о‘tkazildi. Mazkur davra-suhbatida “О‘zarxiv” agentligi va О‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbarlari, SHHTga a’zo davlatlar – Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston hamda “kuzatuvchi” davlat bо‘lmish Belarus Resublikasi arxiv idoralari rahbarlari (Xitoy Xalq Respublikasidan vakil ishtirok etmadi), shuningdek, О‘zbekiston va Belarus respublikalari adliya vazirlari hamda Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari о‘z nutqlari bilan faol ishtirok etdilar.
Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida 2023 yilning 12-15 iyun kunlari Perm shahrida о‘tkazilgan “V-Permskiye nauchno-obrazovatelniye chteniya “Istoriya Imperatorskogo Doma Romanovix. K 410-letiyu Doma Romanovix i 300-letiyu goroda Permi” ilmiy Forumida ishtirok etildi.
2023 yil 10-29 iyul kunlari AQShda о‘tkazilgan “XXI asr о‘zgarishlar yaratuvchilari: madaniy meros va о‘ziga xoslikni saqlash va himoya qilish bо‘yicha Markaziy Osiyo uchun submintaqaviy loyihasi – Xalqaro tashrif buyuruvchilarning yetakchilik dasturi”da ishtirok etildi.
2023 yil 24 iyul – 2 avgust kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi yangi qisqa muddatli xalqaro dasturda ishtirok etildi.
Samarqand shahrida 2023 yil 19 sentabrdan 22 sentabrgacha Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligiga a’zo davlatlarning arxiv xizmatlari rahbarlari Maslahat kengashining 19-yig‘ilishi hamda uning doirasida “Elektron hujjatlarni saqlash: texnologiyalar va usullar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazildi.
2023 yil 21 sentabrda Samarqand shahrida О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “О‘zarxiv” agentligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Arxiv bosh boshqarmasi о‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
2023 yil 9-13 oktabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida о‘tkazilgan ICA (Xalqaro arxivlar kengashi) Abu-Dabi Kongressi-2023 tadbirlari (Bosh assambleyasi)da ishtirok etildi.
2023 yilning 27-28 oktabr kunlari “О‘zarxiv” agentligi va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Umumrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) tomonidan о‘tkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: raqamli asr merosini shakllantirish va saqlash” mavzusidagi XXIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida onlayn formatda ishtirok etdilar.
2023 yil 6 dekabrda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qо‘mitasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “О‘zarxiv” agentligi о‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish tо‘g‘risidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bо‘yicha 2023-2026 yillar uchun Amaliy harakatlar rejasi” imzolandi.
2023 yil 7-8 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida “ASTANA ARCHIVE FEST” Xalqaro arxivchilar forumi va ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.