O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligida tayinlov bo‘ldi.



O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligida tayinlov bo‘ldi.

Yaminov Shuhrat Maxmudovich Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorining Axborot xavfsizligi va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Yaminov Shuhrat Maxmudovich O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Hujjatlarni elektron bazaga kiritish bo‘limi boshlig‘i, Texnik masalalar bo‘yicha direktori, markazi direktori, Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Shuhrat Yaminov kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati