O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan Bekobod shahar arxividagi noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan xabarlarga rasmiy munosabati.
RASMIY MUNOSABAT
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan Bekobod shahar arxividagi noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan xabarlarga rasmiy munosabati.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod shahar arxividagi noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan tarqatilayotgan xabar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida хақиқаттан ҳам 2024-yil 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat arxivi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Mastona Aliyeva банк plastik картаси raqamiga 5 nafar xodimlar 340 ming so‘mdan pul tashlab berishganligi holati yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat arxivi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Mastona Aliyevaga nisbatan xizmat surishtiruvi ishlarini olib borilmoqda. Xizmat surishtiruvi yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Hurmatli hamkasblar, agar Sizda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari, arxiv muassasalari rahbarlari tomonidan yuqoridagi kabi mehnat qonunchiligi buzish holatlari yuzasidan axborot bo‘lsa, ushba haqida “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 “IShONCh TELEFONI” yoki “antikor_archive_bot” orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati