“O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Metodik kengash a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada "O‘zarxiv" agentligi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, davlat arxivlari bilan kutubxonalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish masalasi ko‘tarildi. Muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.