O‘zbekiston Respublikasi Halq artisti Guli Hamrayeva joriy yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi.

Arxivga shaxsiy fondlar hujjatlarini qabul qilish ishlarini yanada faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Halq artisti Guli Hamrayeva joriy yil 17 yanvar kuni O‘z.KFFH MA tashrif buyurdi. O‘zbekistonlik san’at ixlosmandlari SSSR Halq artisti Razzoq Xamrayevning qizi o‘zbek baleti primasi G.Hamrayevani ko‘plab balet spektakllari va “Semurg‘” (Parizod), “Dilorom”(Dilorom) kabi badiiy filmlardan yaxshi bilishadi. Arxiv direktori A.Maxkamov va baletmeystr G.Xamrayevalar kelgusida Xamrayevlar sulolasiga oid oilaviy arxivlarning media materiallarini davlat saqloviga qabul qilish va shaxsiy fond yaratish haqida o‘zaro kelishib olindi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati