O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxiv ISO 9000 seriyali standartlar asosida faoliyatni olib boradi

Ozbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxiv ISO 9000 seriyali standartlar asosida faoliyatni olib boradi

        "O‘zarxiv" agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxiviga arxiv faoliyatida xalqaro ISO tashkiloti standartlari oilasiga mansub ISO 9000 seriyali standartlarni o‘z ish faoliyatida joriy qilishni tashkil etish asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

        Mazkur yo‘nalishda faoliyatlarni boshlash va standartlar to‘g‘risida, ularni arxiv sohasiga joriy etish yuzasidan dastlabki ma’lumot olish maqsadida "CERT INTERNATIONAL" kompaniyasi bilan hamkorlikda 2015-yil davomida arxivda turli o'kuv seminari tashkil etildi. andoza talablaridan kelib chiqqan holda turli uslubiy hujjatlar ishlab chiqish va ushbu standartlarni arxiv faoliyatida qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida “Ekspert xulosalari” MChJ bilan hamkorlik olib borildi.

        7-8 aprel kunlari ushbu standartni arxiv faoliyatida joriy etish natijasi va monitoringini o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotning auditori arxivda o‘z kuzatuv va o‘rganishlarini olib bordi. Mazkur o‘rganishlar natijasida arxivda xalqaro ISO tashkiloti standartlari oilasiga mansub ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishi muvafaqqiyatli deb topilib, standartlarni arxiv faoliyatida joriy etilganligi to‘g‘risidagi sertifikat berilishi ma’lum qilindi.

Agentlik Axborot xizmati