O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida hujjatlar qidiruv tizimi ishlab chiqildi

 O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida arxiv sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va kompyuterlashtirishni rivojalantirish maqsadida mavjud bo'lgan hujjatlar bo'yicha ma'lumotlarni qidirishga mo'ljallangan dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. 
Dastur  orqali xodim tegishli hujjatni qaysi saqlovxonada, stellajda, qatorda va qaysi qutida turganligi to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'ladi.

Mazkur tizim Fuqarolarga xizmat qilishda 50 foizdan ortiq samaradorlik beradi.