O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 8 may kuni 9 may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramni tashkil etishdan asosiy maqsad jaxon urushlari qatnashchilari va mexnat faxriylari hamda ularning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, xamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh arxivchilarni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada baxamjihatlik bilan o‘tkazishga qaratildi. Tadbirda arxiv ishining rivojiga yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriylar, arxiv yo‘nalishida taxsil olayotgan kollej talabalari ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, arxiv sohasida ko‘p yillar davomida samarali xizmat qilgan, arxiv ishining rivojiga o‘z hissalarini qo‘shgan faxriylar tomonidan arxiv ishining mohiyati, sohaning rivojlanishi tarixi hamda arxiv sohasidagi shaxsiy tajribalari xususida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida anjumanda katnashgan mexnat faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirga taklif qilingan, lekin ba’zi uzrli sabablar bilan qatnasha olmagan mexnat faxriylariga arxiv raxbariyati, kasaba uyushmasi va bo‘lim boshliqlari tomonidan esdalik sovg‘alar ularning uylariga borib topshirildi.