O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida o'quv seminari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi tomonidan xalqaro ISO tashkiloti standartlari oilasiga mansub ISO 9000 seriyali standartlarini o'z ish faoliyatida joriy etish rejalashtirilmoqda. 
 
Shu maqsadda joriy yil 15 yanvar kuni Ilmiy - texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida xalqaro"CERT INTERNATIONAL" kompaniyasi bilan xamkorlikda "ISO 9001 standartlari asosida zamonaviy boshkaruv
tizimini joriy etish va sertifikatsiyalash" mavzusida o'quv seminari o'tkazildi. 
 
O'quv seminarida "O'zarxiv" agentligi rahbariyati va boshqaruv apparati xodimlari, O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari, davlat arxivlari direktorlari hamda xodimlari ishtirok etdilar. 
 
Seminarda mazkur standartlarni xizmat ko'rsatish sohasidagi ahamiyati
to'g'risida ma'lumotlar berildi.