O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida “Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida “Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 9 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4741-son farmoyishi, Respublika Tashkiliy qo‘mita majlisining 2016 yil 10 noyabrdagi 143-son bayoni hamda Agentlikning 2016 yil 15 noyabrdagi 84-son buyrug‘i ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida “Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Toshkent shahar Yashnaobod qurilish kasb-hunar kolleji arxivshunoslik va ish yuritish fakulteti III kurs talabalari hamda arxivning barcha xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Ergashev Azamat Ergashovich ishtirok etdilar.
Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Ergashev Azamat Ergashovich o‘z ma’ruzasi bilan, O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi “Hujjatlarga ilmiy ma’lumot berish va uslubiy ishlar bo‘limi” arxivchisi G‘ofurova Shoxsanam “Konstitutsiya – O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining asosidir” mavzuidagi ma’ruzasi bilan, Toshkent shahar Yashnaobod qurilish kasb-hunar kolleji arxivshunoslik va ish yuritish fakulteti III kurs o‘quvchisi Ibragimov Behzod “Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy targ‘ibotning ahamiyati” mavzuidagi ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.Tadbirda xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida “8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” mavzuida ko‘rgazma hamda arxiv bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir talabalarning, arxiv xodimlarining huquqiy bilimini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Agentlik Axborot xizmati