Ơzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida Respublika arxiv muassasalari mas'ul xodimlari uchun 3 kunlik ơquv kursi tashkil etildi...

2015 yil 25-27 avgust kunlari Ơzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida “Ơzarxiv” agentligi tomonidan tashkil  etilgan  Ơzbekiston Respublikasi “Jismoniy va  yuridik shaxslarning murojaatlari tơğrisida”gi Qonuni hamda  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar va sơrovlarning bajarilishi, ijro intizomi va ish  yuritish” mavzusida 3 kunlik  ơquv  kurslari tashkil  etildi.

Mazkur ơquv kurslarida Ơzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent  shahar  arxiv ishi hududiy boshqarmalarining Jismoniy va  yuridik shaxslarning murojaatlari hamda  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar ijrosiga, ijro intizomi va ish  yuritishga mas'ul xodimlar  ishtirok  etdilar.

            Ushbu  ơquv kurslarini  tashkil  etishdan kơzlangan maqsad mas'ul xodimlarga “Jismoniy va  yuridik shaxslarning murojaatlari tơğrisida”gi Qonunning mohiyatini chuqur ơrgatish,  jismoniy va  yuridik shaxslar hamda  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va sơrovlar  bilan ishlashni tơğri tashkil  etish hamda  arxiv  etikasiga rioya  qilgan holda muomala qilish madaniyatini ơrgatish, ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlashni tashkil  etish, ijro intizomini monitoringini olib borish,  elektron axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish  masalalarini tushuntirishdan  iborat  edi.

          Ơquv kursi davomida ơtilgan mavzular  yuzasidan davra suhbati tashkil  etildi. Davra suhbatida barcha mas'ul xodimlar ơzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ơquv kursi  yakunida malaka oshirgan barcha xodimlarga maxsus sertifikat berildi.