O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganlining 27 yilligi munosabati bilan davra-suhbati o‘tkazildi.

2019 yil 5 dekabr kuni “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida “Konstitutsiya huquqiy demokratik davlat qurishning poydevori” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov, Agentlik Axborot xizmati rahbari A.Aliyev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘.Primov, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbar va xodimlari, “O‘zstandart” agentligi mutaxasilari, huquqshunoslar, shuningdek O‘zbekiston Milliy universiteti “Arxivshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Konstitutsiyasi ton ma’noda davlatning huquqiy alifbosi ekanligini, o‘zini davlat va jamiyat rivoji uchun mas’uliyatni his etgan har bir fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini bilishni eng avvalo Konstitutsiyadan boshlashi lozimligini, bu borada targ‘ibot ishlarini oiladan, jamoalardan boshlash lozimligini ta’kidladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘.Primov fuqarolarning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, Konstitutsiya targ‘iboti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, adliya organlari tizimidagi yangiliklar, O‘zMU o‘qituvchisi S.A.Zohidova “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy demokratik davlat qurishning asosi” mavzusida ma’ruzalar qildilar.