"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi  rahbariyati, jamoasi ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 20 iyunda bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishidagi ishtiroki va komissiyaga bergan takliflari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shu kunga qadar amalda bo‘lgan 128 ta moddasini 64 tasiga 200 dan ortiq o‘zgartish kiritish va 6 ta yangi moddalarni qo‘shish taklif etilayotgani xususida yig‘ilish ishtirokchilariga bafurja tarzda ma’lumotlar berildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati