O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida alohida qimmatli va noyob hujjatlarni raqamlashtirishga Germaniyaning ilg'or kompyuter texnologiyalari joriy etilmoqda...
Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Shu boisdan, arxiv sohasida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan hajmi va uzunligi jihatidan katta bo'lgan alohida qimmatli va noyob hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Germaniyadan grant asosida “Mikrofilm scanpro” va “Netbook scanner” rusumli skanerlar keltirildi. Ushbu zamonaviy skanerlar arxivdagi hujjatlarni skanerlash jarayonida hujjatga hech qanday zarar etkazmasligi, turli ko'rinishdagi noyob hujjatlarni elektron bazasini shakllanttirish kabi imkoniyatlarga ega.